Joʻn madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jo`n Madaniyatidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Joʻn madaniyati - Krvunchi madaniyati turlaridan biri. Toshkent vohasidagi Jun kapali boʻyidan topilgan yodgorliklar (3—4-asrlar). Joʻn madaniyati, asosan, Sirdaryoning oʻrta oqimi boʻylab keng tarqalgan. G. V. Grigoryev, M. E. Voronets, T. G. Obolduyeva va boshqa qazish ishlari olib borgan (193739). Joʻn madaniyatiga oid mozorqoʻrgʻonlar, shahar harobasi tekshirilgan. Turar joylar xom va pishiq gʻishtdan qurilgan. Aholi dehqonchilik (bugʻdoy, tariq, arpa va boshqalar) va chorvachilik bilan shugʻullangan. Tekshirish nati-jasida turli rang angob bilan boʻyalgan sopol idish (koʻza, xum, xumcha, hoʻqacha, tovoq va boshqalar)lar, temir qilich, xanjar, oʻq yoy uchi, kamon, oyna, turli munchoq taqinchoklar, tosh oʻgʻir dasta, qoʻl tegirmon topilgan. Qurollar — hatto ayol qabrlarida ham uchraydi.

Adabiyot[tahrir]

  • Obolduyeva T. G., Kurgani Kaunchinskoy i djunskoy kulturi v Tashkentskoy oblasti, M.— L., 1948.

Svetlana Lunina.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil