Joʻyi moʻliyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jo'yi mavoliyondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Joʻyi moʻliyon, Joʻyi mavoliyon — Buxorodan 4—5 km shimolda joylashgan qad. manzilgoh va ariq nomi. J. m.da Ya. F. Gʻulomov va A. Qosimzoda arxeologik tadqiqot ishlari olib borganlar (1956). Narshaxiynint yozishiga koʻra, Ismoil Somoniy bu yerlarni xalifa alMustaʼin ibn al-Muʼtasimning lashkarboshisi boʻlgan Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan 10 ming dir-hamga sotib olgan. Ismoil J. m.da saroylar va bogʻlar barpo qilib, uning koʻproq qismini mavoliy (xoja, janob, valiy)larga vaqf qilgan va bu yerlar Joʻyi mavoliyon deb atalgan. Koʻpchilik xalq esa uni "Joʻyi moʻliyon" — "Moʻliyon arigʻi" deb atagan. Ismoildan keyingi somoniy amirlari goʻzalligi, toza va xushhavoligi tufayli J. m.da oʻzlari uchun bog va koʻshklar bino qilganlar. Mamlakat somoniylar qoʻlidan ketgach, J. m. harob boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil