Jiq-jiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jiq-jiq (Scotocerca inquieta) — chumchuqsimonlar turkumining moyqutlar oilasiga mansub kichkina qush, vazni 8—9 g . Choʻl va dashtlardagi past boʻyli butalar orasida yashaydi. Yulgʻun, baʼzan shuvoqlar orasiga in quradi. Oʻzbekistonda Qizilqumda uchraydi. Mart—iyunda 5—8 tadan tuxum qoʻyadi. Yozda hasharotlar, qishda oʻsimlik urugʻi bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil