Kontent qismiga oʻtish

Jinzū daryosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jinzū daryosi
神通川
Toyama prefekturasidagi Jinzū daryosi
Toyama prefekturasidagi Jinzū daryosi
Tavsif
Uzunligi 120 km
Maydoni 2 720 km²
Suv sarfi 163,6 m³/s (oʻrtacha) m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Kaore togʻi
 · Balandligi 1 626 m m
Quyilishi Toyama ko‘rfazi
Joylashuvi
Davlat Yaponiya
Mintaqa Kantō
Tuman Toyama prefekturasi
Jinzū daryosi

Jinzu daryosi (yaponcha: 神通川, Jinzū-gawa yoki Jintsū-gawa, baʼzan Jindzū-gawa) — Yaponiyaning Gifu prefekturasidan boshlanib Toyama prefekturasigacha oqib oʻtuvchi daryo. Daryoning yuqori qismi Gifu hududida Miya daryosi deb ataladi. Uning uzunligi 120 kilometr (75 milya) boʻlib, havza maydoni 2 720 kvadrat kilometr (1 050 kvadrat milya)ni tashkil etadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Geofazoviy axborot boshqarmasi va Yaponiya qirgʻoq qoʻriqlash xizmatining maʼlumotlariga koʻra, daryoning rasmiy nomi „Jinzu Gawa“ (じんづうがわ tarzida yoziladi va „Jinzū-gava“ yoki „Jindzū-gava“ deb talaffuz qilinadi) hisoblanadi[1]. Biroq, bu nomning talaffuzi turlicha boʻlib, じんずうがわ („Jinzū-gava“) va じんつうがわ („Jintsū-gava“) kabi variantlari ham mavjud[2][3].

Geografiyasi va rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jinzū daryosi Gifu prefekturasining Takayama hududidagi Kaore togʻining yon bagʻrida, 1 626 metr balandlikda boshlanadi va Gifu hamda Toyama prefekturalari chegarasida Takahara daryosiga qoʻshiladi. Daryoning yuqori oqimi Gifu prefekturasida Miya daryosi (宮川, Miya-gawa) nomi bilan ham ataladi. Chegaradan boshlab u shimol tomonga oqib, Yapon dengizidagi Toyama qoʻltigʻiga quyiladi[4]. Uning havzasi 2 720 kvadrat kilometr maydonni qamrab oladi.

Ilgari bu daryo Toyama shahri boʻylab oqib oʻtgan, lekin toshqinlarning oldini olish maqsadida shaharning gʻarbiy qismida yangi suv yoʻli barpo etilgan. Toyama shahar hokimligi va boshqa davlat idoralari eski daryo oʻrnida paydo boʻlgan quruq yerda joylashgan.

Munitsipalitetlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toyama prefekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ida daryosi
  • Kumano daryosi
  • Nagamune daryosi
  • Takahara daryosi

Ikkinchi jahon urushi davrida tog‘ kon sanoati ishlari oqibatida daryo kadmiy bilan ifloslangan va quyi oqimdagi shaharlarda itai-itai kasalligini keltirib chiqargan[5].

Yaponiya harbiy-dengiz floti kreyseri Jintsū shu daryo nomi bilan atalgan[6].

  1. Gazetteer of Japan 2021, Geospatial Information Authority of Japan va Japan Coast Guard nashri, 29-bet. [1]
  2. Kotobank ensiklopediyasi: 神通川
  3. Goo Dictionary, maqola: [2]
  4. Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism (2008). „Overview of the basin and rivers of the Jinzū River system (draft)“. [3]
  5. Chunichi Shimbun (2021-yil 2-iyul). „痛い痛い病 被害と教訓 — イタイイタイ病の歴史“. [4]
  6. Jetsura, Hiroshi (1976). „日本海軍艦艇名考“. Tokyo: Naval Research Society.