Jingʻarchalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jing‘archalardan yoʻnaltirildi)

Jingʻarchalar (Sorex) - sut emizuvchi hayvonlarning yer qazuvchilar oilasiga mansub bir urugʻi. Hasharotxoʻrlar turkumiga kiradi. Tashqi koʻrinishi sichqonga oʻxshaydi, lekin tumshugʻining hartumsimon choʻziqligi bilan undan farq qiladi. Tanasining uz. 30– 80 mm. Tishlarining yuqori yarmi qizgʻish-qoʻngʻir. Yevropa va Osiyoning tundra, oʻrmon-dasht zonalarida koʻp uchraydi. Tanasining uz. 38–53 mm keladigan mitti J. — hozirgi eng kichik sut emizuvchilardandir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil