Jingʻilsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jing'ilsoydan yoʻnaltirildi)

Jingʻilsoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Nurota togʻ tizmasining gʻarbiy tarmogʻi — Qoratogʻning shim. yon bagʻirlaridagi (880 m) buloqlardan boshlanib, asosan gʻarbiy va shim. yoʻnalishda oqadi. Uzunligi 30 km, havzasining mayd. 71 km2 boʻlib, Qizilqum choʻli bilan tutashib ketgan past togʻlarda joylashganligidan kam suvli. Kuchli jala quyganda va erta bahorda J. toʻlib oqadi, yozda suvi kamayadi va qurib qoladi. Yuqori oqimida, ayrim joylarida buloq, suvlari chiqib turadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil