Jibilajibonsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jibilajibonsimonlar (Mo tacillidae) — chumchuqsimonlar turkumining oilasi. 54 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 15 turi uchraydi. Tanasining uz. 12—23 sm, ogʻirligi 20—30 g . Rangi har xil. Tumshugʻi ingichka, toʻgʻri. Oyoqlari ingichka, uzun, yerda yurishga va chopishga yaxshi moslashgan. Koʻpchiligi kelib-ketuvchi qushlar. Uyasi kosasimon boʻlib, uni oʻsimlik, hayvon junlaridan yasaydi va yerga, daraxtlar yoki binolarga quradi, 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumni modasi 12—16 kun bosadi. 14 kunda joʻjalari uchirma boʻladi. Oʻzbekistonda oq jibilajibon (Motacilla alba), sariq jibilajibon (Motacilla fl ava) eng koʻp tarqalgan. Mayda umurtqasiz hayvonlar, asosan hasharotlar, migratsiya davrida esa oʻsimliklar urugʻi va vegetativ qismlari bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil