Jhon Murillo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jhon Eduard Murillo Romaña (talaffuzi: Jon Edvard Murillo Romagna; 1995-yil 4-iyunda Venesuelaning El Nula shahrida tugʻilgan) — Venesuelalik futbolchi, Portugaliyaning „Tondela“ futbol klubi va Venesuela terma jamoasi hujumchisi.

Jhon Murillo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jhon Eduard Murillo Romaña
Tavallud sanasi 21-noyabr 1995-yil (1995-11-21) (28 yosh)
Tavallud joyi El Nula, Venesuela
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético San Luis
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
San Camilo
Alto Apure
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Zamora 59 (19)
2015—2018 Benfica 0 (0)
2015—2017 → Tondela (ijara) 54 (8)
2017—2018 → Kasımpaşa (ijara) 24 (4)
2018—2021 Tondela 97 (11)
2022— Atlético San Luis 35 (5)
Milliy terma jamoa
2014— Venesuela U21 5 (2)
2015— Venesuela U20 4 (0)
2015— Venesuela 33 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jhon Murillo „Zamora“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 22-oktabrda „Llaneros“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan[1]. 2013-yil 19-avgustda „Deportivo Petare“ futbol klubiga qarshi bahsda Jhon Murillo „Zamora“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[2]. 2013 va 2014-yillarda Jhon Murillo jamoaga ikki marta chempion boʻlishiga yordam bergan. 2014-yil 26- mart kuni Libertadores kubogi doirasida Paragvayning „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xalqaro klublar miqyosida birinchi golini urgan[3].

2015-yilning 17-fevralida Libertadores kubogi doirasida Urugvayning „Montevideo Wanderers“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Jhon Murillo gol urgan[4].

May oyida Jhon Murillo Portugaliyaning „Benfica“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[5]. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u darhol „Tondela“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 14-avgust kuni „Sporting Lisbon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jhon Murillo Sangrish ligasida debyut qilgan[6]. 2016-yilning 3-yanvarida „Rio Ave“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safidagi ilk golini urgan[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil boshida Jhon Murillo Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan[8][9]. Turnirda u Chili, Braziliya, Urugvay va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11].

2015-yil 12-fevralda Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Jhon Murillo Venesuela terma jamoasi safida debyut qilgan[12]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan. Oʻsha yili Jhon Murillo Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan.






Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zamora F.C 2012—2013 5 0 - - - - 5 0
2013—2014 32 11 - - 4 1 36 12
2014—2015 22 8 - - 4 2 26 10
Jami 59 19 - - 8 3 62 22
Kasımpaşa 2017—2018 24 4 1 0 - - 25 4
Jami 24 4 1 0 - - 25 4
C.D Tondela 2015—2016 23 3 - - - - 23 3
2016—2017 31 5 2 0 - - 33 5
2018—2019 32 3 6 1 - - 38 4
2019—2020 30 2 1 0 - - 31 2
2020—2021 26 4 2 0 - - 28 4
2021—2022 15 2 4 1 - - 19 3
Jami 157 19 15 2 - - 162 21
Umumiy faoliyatida    240 41 16 2 8 3 259 46

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Самора VS. Льянерос 0:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 22-oktyabr).
  2. „Самора VS. Льянерос 1:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 19-avgust).
  3. „Самора VS. Насьональ 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-mart).
  4. „Монтевидео Уондерерс VS. Самора 3:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 17-fevral).
  5. „Zamora confirma Murillo no Benfica“ (pt). A Bola (2015-yil 20-may). 2015-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-may.
  6. „Тондела VS. Спортинг Лиссабон 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-avgust).
  7. „Риу Аве VS. Тондела 2:3“ (en). soccerway.com (2016-yil 3-yanvar).
  8. „Уругвай (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 24-yanvar).
  9. „Бразилия (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-yanvar).
  10. „Чили (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 17-yanvar).
  11. „Уругвай (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 21-yanvar).
  12. „Венесуэла VS. Гондурас (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-fevral).