Jerzy Brzęczek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jerzy Brzęczek
Brzęczek 2015-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jerzy Józef Brzęczek
Tavallud sanasi 18-mart 1971-yil (1971-03-18) (53 yosh)
Tavallud joyi Truskolasy, Poland
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wisła Kraków (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987—1988 Raków Częstochowa
1988—1992 Olimpia Poznań 108 (8)
1992—1993 Lech Poznań 29 (3)
1993—1994 Górnik Zabrze 46 (6)
1994—1995 GKS Katowice 15 (3)
1995—1998 Tirol Innsbruck 85 (11)
1998—1999 LASK 33 (2)
1999—2000 Maccabi Haifa 47 (11)
2000—2002 Tirol Innsbruck 62 (7)
2002—2003 Sturm Graz 35 (2)
Milliy terma jamoa
1992—1999 Poland 42 (4)
Boshqargan klublari
2010—2014 Raków Częstochowa
2014—2015 Lechia Gdańsk
2015—2017 GKS Katowice
2017—2018 Wisła Płock
2018—2021 Polsha
2022- Wisła Kraków
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jerzy Józef Brzęczek (talaffuzi: Yerji Bjechek; 1971-yil 18-martda tugʻilgan) — polshalik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi, I liga klubi Wisła Krakówning amaldagi bosh murabbiyi.

Taxminan 20 yil davom etgan va Polsha terma jamoasi bilan 42 oʻyin oʻtkazgan professional faoliyati davomida Brzęczek Polsha, Avstriya va Isroil klublarida oʻynagan. 2018-yildan 2021-yilgacha u Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyati davomida Brzęczek Raków Częstochowa, Olimpia Poznań, Lech Poznań, Górnik Zabrze (two spells), GKS Katowice, Tirol Innsbruck (later Wacker Tirol), LASK Linz, Maccabi Haifa, Sturm Graz, FC Kärnten va Polonia Bytom klublarida oʻynagan. 2009-yilda 38 yoshda. Brzęczek Polshada (1993-yilda Lex Poznan bilan) va Avstriyada (2001- va 2002-yillarda Tirol Innsbruck bilan) chempionlik medallarini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polsha terma jamoasi safida 42 oʻyin oʻtkazgan Brzęczek 1992-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 17-noyabrida u Lechia Gdańsk klubiga murabbiy boʻldi va 2015-yilning 1-sentyabrida ishdan boʻshatildi. Keyin, 2015-yil sentyabr oyining oxiridan boshlab, u GKS Katowice menejeri boʻldi. 2017-yil 20-may kuni MKS Kluczborkga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlgach va Ekstraklasaga koʻtarilish imkoniyatidan mahrum boʻlgach, isteʼfoga chiqdi[1]. 2017-yilning 11-iyulida u Wisła Płock bosh murabbiyi boʻldi[2].

Polsha[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 12-iyulida u Polsha terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi[3].

Uning faoliyati yaxshi boshlanmadi, Polsha 2018-19-yilgi UEFA Millatlar Ligasi A dan ikki magʻlubiyat va ikkita durangdan keyin tushib ketdi. Polshaning UEFA Yevro-2020 saralashi yanada taʼsirli boʻldi, jamoa toʻrtta dastlabki oʻyinda gol oʻtkazib yubormasdan gʻalaba qozondi. Biroq, safarda Sloveniyadan 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan va Avstriya bilan oʻz uyida durang oʻynaganidan soʻng, Brzęczek muxlislarning qattiq bosimiga duch keldi va uni isteʼfoga chiqarishni talab qildi. Shunga qaramay, u Latviya va Shimoliy Makedoniya ustidan ikkita soʻnggi gʻalabaga erishib, yakunda oʻz guruhida birinchi oʻrindan UEFA Yevro-2020 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[4].

Brzęczek 2021-yil 18-yanvarda[5], Polshaning UEFA Yevro-2020dagi birinchi oʻyinidan besh oy oldin isteʼfoga chiqarilgan va uning oʻrniga portugaliyalik Paulo Sousa kelgan[6].

Wisła Kraków[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 14-fevralda Brzęczek Adrian Gula oʻrniga Wisła Krakówga bosh murabbiy etib tayinlandi[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brzęczekning jiyani futbolchi, yarim himoyachi Jakub Błaszczykowski boʻlib, u Wisła Kraków, Borussia Dortmund va VfL Wolfsburg klublarini himoya qilgan. Uning singlisi, Błashczykovskining onasi eri tomonidan oʻldirilgan va bu oilaning ajralishiga sabab boʻlgan.

Boshqaruv statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

23-iyul, 2022-yil(2022-07-23) holatiga koʻra
Jamoa Boshlanishi Tugatilishi Natija
G D M Gʻalaba %
Polsha Raków Częstochowa 9.02.2010 4.11.2014 171 57 50 64 033
Polsha Lechia Gdańsk 17.11.2014 1.09.2015 30 11 9 10 037
Polsha GKS Katowice 28.09.2015 20.05.2017 56 25 14 17 045
Polsha Wisła Płock 11.07.2017 11.07.2018 38 17 6 15 045
Polsha Poland 12.07.2018 18.01.2021 24 12 5 7 0100
Polsha Wisła Kraków 14.02.2022 Hozirgacha 16 2 9 5 010
Jami 335 124 93 118 037

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lex Poznan

  • Ekstraklasa : 1992-93

Tirol Insbruk

  • Avstriya Bundesligasi : 2000-01, 2001-02

Polsha U23

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]