Jeneva koʻli
Qiyofa
(Jeneva Ko'lidan yoʻnaltirildi)
Jeneva koʻli, Leman - Shveysariya va Fransiyadagi koʻl, Alp togʻlaridagi koʻllar ichida eng yirigi. Mayd. 582 km2, uz. 72 km, kengligi 14 km gacha, eng chuqur joyi 310 m, suv hajmi 89 km3. Gʻarbiy Alp va Yura togʻlari oraligʻidagi soylikda, 372 m balandlikda joylashgan. Koʻl Alp togʻlaridan siljib tushgan muzlik oʻrnida hosil boʻlgan. Qirgʻoqlari gʻarbida yotiq, sharqida tik. J. k. orqali Rona daryosi oqib oʻtadi (koʻl suvining 72% shu daryodan yigʻiladi). Daryoning koʻldan chiqish joyiga toʻgʻon qurilgan. Sohilida iqlim yumshoq, iliq; koʻl qishda muzlamaydi. Kema qatnaydi. Koʻl atrofi xushmanzara: Shveysariya sohilida turistik bazalar, shifoxonalar, iqlim va balneologik kurortlar, Jeneva, Lozanna va b. shaharlar joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |