Jek Lindsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jack Lindsay
Tavallud sanasi: 20-oktabr, 1900-yil(1900-10-20)
Tavallud joyi: Avstraliya, Melburn
Vafot sanasi: 8-mart, 1990-yil(1990-03-08)
(89 yoshda)
Vafot joyi: Birlashgan Qirollik, Cambridge
Kasb: Prozachi, publitsist
Yoʻnalish: Realizm

Jek Lindsey (Jack Lindsay) (1900.20.10, Melburn, Avstraliya — 1990.10.3, Cambridge, Birlashgan Qirollik) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Ijodi 30-yillardan boshlangan. "1649. Bir yilning tarixi" (1938), "Biz kaytamiz" (1942), "Qirq sakkizinchi yil odamlari" (1948), "Smitfilddagi gulxanlar" (1950) va boshqa tarixiy romanlar muallifi. L. hujjatli voqealarni rivoyat va afsonaviy mav-zular bilan omixtalashtirgan. "Britaniya yoʻli" epopeyasidan oʻrin olgan "Sotilgan bahor" (1953), "Sening uying" (1957), "Niqob va qiyofalar" (1963) romanlarida 2-jahon urushidan ke-yingi Britaniyadagi turli aholi qatlamlarining hayoti aks ettirilgan. Hayotdagi qarama-qarshiliklar, tinchlik va urush masalasi, axloqiy munosabatlar yozuvchining asosiy mavzui boʻlgan. L. olim sifatida adabiyotning hayotdagi oʻrniga yuksak baho bergan. Oʻz salaflari — ijodkorlar merosini kengtadqiq etishga intilgan. Ch. Dikkens, J. Benyan, J. Meredit haqida kitoblar yozgan. Tarix ("Vizantiya va Yevropa", 1950; "UotTayler", 1964), sanʼatshunoslikka oid ("Jekson Terner", 1966; "Pol Sezann", 1969; "Gyustav Kurbe", 1973) asar va monografiyalar, madaniyat tarixiga bagishlangan ("Kleopatra", 1971) kitobi bor. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil