Jefrey Jakob Abrams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jefrey Jakob Abrams
Tavalludi
Jefrey Jakob Abrams

Andoza:1966-yil
AQSH Nyu-York shtati
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Andoza:Kinorejissor
Faoliyat yillari 1982-yildan hozirgi kunga qadar
Turmush oʻrtogʻi Andoza:Keti Mak Grez
Bolalari Greysi
Otasi Geyrald Abrams
Onasi Karol Anna Kelin

Jefrey Jakob Abrams (1966-yil 27-iyun)[1]-amerikalik kinorejissor va prodyuser. U jang, drama va ilmiy fantastika janrlarda yaratgan ishlari bilan omma eʼtiborini oʻziga qaratgan. Abrams bir nechta oʻzi yozgan filmlarga prodyuserlik ham qilgan, jumladan:"Genrix haqida"(1991), „Abadiy yoshlik“(1992), „Armageddon“(1998),"Beda maydoni"(2008), „Olamshumul trek“(2009),"'Yulduzlar jangi: Kuchlar uygʻonadi"(2015) va "'Yulduzlar jangi:Skayvolker yuksalishi"(2019) kabilar.


Abrams bir qator teleseriallar muallifi ham sanaladi."Baxt"(hamkor ijodkor sifatida,1998-2002), „Afsus“ (2001-2006), "Hayot-mamot" (hamkor ijodkor sifatida,2004-2010) va "Yondoshlilik" (hamkor ijodkor sifatida,2008-2013) kabilar shular jumlasidan. U shu seriallari orqali Eng yaxshi rejissiyorlik ishi hamda Eng yaxshi teleserial nominatsiyalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va ikki marotaba "Emmi" mukofoti sovrindori boʻlgan.

"Uddalab boʻlmas topshiriq 3 „ (2006),“Olamshumul trek" (2009),"Super sakkizlik „ (2011) va “Zulmatga yulduzli sayohat" (2013) kabi mashhur filmlarni uning rejissorlik ishlariga misol qilishimiz mumkin. U hamkor ijodkor sifatida „Kuchlar uygʻonadi“ filmiga prodyuserlik qilgan va filmni boshqarib borgan. Bundan tashqari "Yulduzlar jangi" ilmiy fantastik filmining sakkizinchi qismini hamda Yulduzlar jangi trilogiyasining birinchi boʻlimini ham boshqargan. Bu film uning eng yuqori daromad keltirgan filmi hisoblanib Eng kassabop filmlar roʻyxatidan oʻrin egallagan. U "Yulduzlar jangi:Soʻnggi jedaylar" (2017) filmining ijrochi prodyuseri va "Skayvolker yuksalishi" (2019) filmining rejissorligi va hammuallifligi orqali "Yulduzlar jangi" filmiga qaytdi.[2]

Abramsning koʻp hollarda birga ishlagan hamkasblari prodyuser Bryan Burk;Prodyuser hamda rejissor Deymon Lindelof,Tommi Gormli;Aktyorlar Greg Grunberg,Saymon Peg,Amanda Forman,Keri Rassell;Bastakor Maykl Gaychino;Ssenaristlar Aleks Kurtz,Roberto Ortsiman,Daniyel Mindel,Larri Fong;Muharrirlar Maryann Brandon va Meri Jo Markey kabi oʻz ishining ustalari.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abramsning kino olamiga kirib kelishi 16 yoshidan boshlangan, u 1982-yilda Don Dohlerning „Tungi mahluq“ filmiga musiga bastalagan. Shundan soʻng kollejda oʻqib yurgan kezlari rejissor Pol Mazurskiyning qizi Jill Mazurskiy bilan tanishadi va u bilan birgalikda badiiy filmda ish olib boradi[3].Abramsning oʻzi mualliflik qilgan ilk ishida Charlz Grodin va Jeyms Belushi rol ijro etgan hamda Oskar mukofoti sovrindori Artur Hiller tomonidan suratga olingan. U kino olamidagi oʻz ishini Harrison Ford ishtirokidagi „Genrix haqida“ va aktyor Mel Gibson rol ijro etgan „Abadiy yoshlik“ kinokartinalarida muvaffaqiyatli tarzda davom etadi. U keyinchalik yana Mazurskiy bilan birgalikda ish olib boradi, har ikki ijodkor yonma yon tarzda Joy Peski va Denni Glover mahorat bilan yoritib bergan „Goʻng baliq“ kino komediyasiga ssenariy yozadilar.


1994-yilda u Rob Lettermen,Laren Soman va Endi Ueysler qatorida „Propellerhedlar“ jamiyati aʼzosi sifatida kompyuterli animatsion filmlarda oʻzini sinab koʻradi. U Katzenberg bilan „Shrek“[4] animatsion filmini suratga olish uchun shartnoma tuzadi.1998-yildan prodyuser Jeri Brakheymr hamda rejissor Maykl Bey bilan hamkorlikda „Armageddon“ filmining ssenariysi ustida ishlay boshlaydi. Shu yilning oʻzidayoq "Baxt" filmi kinoekranlar yuzini koʻradi.Met Revis bilsn birgalikda ijrochi prodyuserlik ham qiladi va baʼzi filmlar uchun ochilish musiqalarini ham yaratadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Augustyn, Adam. "J.J. Abrams". Encyclopedia Britannica. https://www.britannica.com/biography/J-J-Abrams. <!--->
  2. „J.J. Abrams to Direct Star Wars: Episode IX! - ComingSoon.net“ (2017-yil 12-sentyabr). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
  3. Natale. „Paul Mazursky, Director of 'Unmarried Woman,' Dies at 84“. Variety (2014-yil iyul). Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  4. The Men Who Would Be King: An Almost Epic Tale of Moguls, Movies, and a Company Called DreamWorks pgs. 55-56

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jefrey Jakob Abrams IMDbda Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  • J. J. Abrams at the TCM Movie Database
  • Jefrey Jakob Abrams AllMovieda Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  • J. J. Abrams at TED
  • J. J. Abrams on Charlie Rose
  • Works by or about J. J. Abrams in libraries (WorldCat catalog)
  • J. J. Abrams collected news and commentary at The New York Times