Jean Nicolas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jean Edouard Marie Nikolas (fransuzcha: Jean Édouard Marie Nicolas) — fransuz futbolchisi.Fransiya terma jamoasi hujumchisi.1913-yil 9-iyunda Fransiyaning Nanter shahrida tugʻilgan.1978-yil 8-sentabrda vafot etgan.1934 va 1938-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jean Nicolas butun faoliyati davomida bitta klubda oʻynagan.Uning qadrdon bu klubi „Ruan“ edi.1934-yildan 1936-yilgacha Nicolas 2-divizionda eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.

1935/1936-yilgi mavsum oxirida „Ruan“ 1-divizionga koʻtarildi.1936/37-yilgi mavsumda Nikolas 26 ta oʻyinda 27 ta gol urdi va chempionat toʻpurarlari roʻyxatida uchinchi boʻldi.Marselning „Olimpik“ klubi futbolchisi Mario Zatellidan 1 ta gol va „Strasburg“da oʻynagan germaniyalik Oskar Roradan 3 ta gol ortda qoldi.

1938 -yil 1-mayda „Valansena“ga qarshi oʻyinda Nikolas 7 ta gol urib, 1936 -yil 20-sentabrda Andre Abegglen tomonidan oʻrnatilgan Fransiya chempionati rekordini takrorladi[1].Umuman olganda hujumchi oʻsha mavsumda 26 ta gol urdi va Roradan 1 ta gol farqi bilan oldinga oʻtib chempionat toʻpurari boʻldi.

Jean Nicolas futbolchilik faoliyatini 1939-yilda yakunladi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jean Nicolas Fransiya terma jamoasidagi debyutini 1933-yil 12-fevralda Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[2]. U „uch ranglilar“ safidagi ilk golini 1933-yilning 26-martida Belgiya terma jamoasi darvozasiga kiritdi[3].Milliy terma jamoa tarkibida Nicolas 1934 (1 ta oʻyin 1 ta gol) va 1938-yilgi jahon chempionatlarida (2 ta oʻyin 2 ta gol) urdi.Shuningdek 1934-yilgi jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi uchun yagona saralash oʻyinida qatnashgan.Hujumchi Lyuksemburg terma jamoasi darvozasiga 4 ta toʻp yoʻlladi.Nicolas oxirgi marta terma jamoa safida 1938-yil 4-dekabrda Italiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan[4].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]