Jean Chrétien

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kretyen Jan (1934.11.1, Shavinigan) — Kanada davlat arbobi. Kvebek shahridagi Lanal universitetini tugatgan (1958). 1968—74 yillarda Kanada indeyslar ishi va shim. hududlar taraqqiyoti boʻyicha vaziri, 1974—76 yillarda Xazina kengashi prezidenti, 1976 yildan sanoat, savdo va tijorat, 1977 yildan moliya vaziri. 1980 yildan Kanada adliya vaziri va bosh prokurori, 1982 yil dan energetika va resurslar vaziri. 1984 yil iyundan bosh vazir oʻrinbosari va tashqi aloqalar boʻyicha davlat kotibi. 1990 yildan Kanada Liberal partiyasi yetakchisi. 1993 yil noyabrdan Kanada bosh vaziri.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil