Jazoir bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jazoir Demokratik Xalq Respublikasi bayrogʻi
Mamlakat Jazoir
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 3-iyul, 1962-yil (61 yil avval) (1962-07-03)
Bayroq mualliflari Emili Buskantdir
Harbiy-dengiz bayrogʻi
Mamlakat Jazoir

Jazoir davlat bayrogʻi (arabcha: علم الجزائر) bir xil kenglikdagi yashil va oq rangli ikkita vertikal chiziqdan iborat. Ikkalasining qoq markazida qizil yulduz va yarim oy bor. Bayroq 1962-yil 3-iyulda qabul qilingan. U Jazoir milliy ozodlik fronti bayrogʻiga oʻxshaydi va baʼzi manbalarga koʻra, 19-asrda Abdel Qodir tomonidan qoʻllanilgan. Oq rang poklik ramzi, yashil rang islom dinining rangidir. Yarim oy ham islom ramzidir. Bundan tashqari, ranglar ham ramziy maʼnoga ega: qizil — erkinlik, yashil — gʻalabaga ishonch, oq — kurashda halok boʻlgan qahramonlar uchun motam ramzi hisoblanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lauris Kastro tomonidan „Barbar qaroqchilari bilan dengiz jangi“ 1681. Rasmda qaroqchilar kemalarida yarim oyli turli bayroqlar koʻrinadi.

Usmonli Jazoir davrida Barbar qaroqchilari bir yoki bir nechta yarim oy bilan bezatilgan bayroqlardan keng foydalanishgan. Biroq, ular rang jihatidan juda farq qilgan: toʻq qizil, qora, yashil va oq ranglari bilan. Bundan tashqari, jazoirlik qaroqchilar oʻlimga ishora qilish uchun qora rang kabi turli xil monoxromatik bayroqlardan foydalanganlar. Oʻsha paytdagi Jazoir bayroqlarida quyosh, yulduzlar va kesishgan qilichlar kabi boshqa tasvirlar ham mavjud edi ammokam uchrardi[2]. Jazoir shahri ham oq qilichli toʻq sariq bayroqdan foydalangani maʼlum.[2]

Zamonaviy bayroqning mashhur yaratuvchisi Emili Buskantdir. Qizil yulduz va yarim oy tasvirlangan oq va yashil ramzni aynan kim yaratgani haqida baʼzi munozaralar mavjud boʻlsa-da, Buskant 1934-yilda bayroqning birinchi versiyasini yaratgan.

Turli formatlardagi bayroq ranglari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayroqning yasalish sxemasi
Sxema Qizil Yashil Oq
RGB 210-16-52 0-102-51 255-255-255
(Oʻn oltilik)Hexadecimal #D21034 # 006633 #FFFFFF
CMYK 0, 92, 75, 18 100, 0, 50, 60 0, 0, 0, 0
Pantone 186C 356C Oq

Harbiy-dengiz bayrogʻi davlat bayrogʻi bilan bir xil, yuqori chap burchakdagi ikkita kesishgan langarlardan tashqari.

Tarixiy bayroqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Иванов К. А. „Флаги «благодатного» полумесяца“,. Флаги государств мира. М.: Транспорт, 1971 — 121 bet. 
  2. 2,0 2,1 Konstam (2016).