Jayde Riviere
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jayde Yuk Fun Riviere[1] | ||
| Tavallud sanasi | 22-yanvar 2001-yil | ||
| Tavallud joyi | Pickering, Ontario, Kanada | ||
| Boʻyi | 163cm | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Michigan Wolverines | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Jamoa | |||
| West Rouge SC | |||
| 2005—2010 | Pickering SC | ||
| Markham SC | |||
| 2017—2019 | Vancouver Whitecaps FC | ||
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016 | Kanada U15 | 7 | (4) |
| 2016—2018 | Kanada U17 | 16 | (2) |
| 2018 | Kanada U20 | 5 | (0) |
| 2017- | Kanada | 35 | (1) |
| Xalqaro medallar | |||
|
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-iyul 2022-yil uchun) | |||
Jayde Yuk Fun Riviere (2001-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — Kanadalik futbol himoyachisi, „Katta oʻnlik“ konferensiyasida „Michigan Wolverines“ va Kanada ayollar terma jamoasi oʻynaydi. Kanada terma jamosi bilan 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Riviere toʻrt yoshida West Rouge SC uchun oʻynashni boshlagan va keyinchalik Pickering SC, Markham SC va Ontario REXda faoliyat yuritgan. 13 yoshdan 15 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Markham SC safida u bir mavsumda 50 ta gol, har bir oʻyinda oʻrtacha 2,5 gol urib, yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb topilgan[2]. 2017-yil avgust oyida Riviere Vancouver Whitecaps FC Girls Elite Super REX jamosiga qoʻshilgan[3].
Kollejdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Riviere 2014-yilda 14 yoshida Michigan universitetida futbol oʻynashga qaror qilgan. U 2019-yilning kuzida Michiganga oʻqishga kirishidan oldin yana 28 ta kollejdan futbol stipendiyasi taklifini olgan[4].
U kollejda oʻynashni boshlaganida, himoyachi pozitsiyasiga oʻtgan va u Michigan shtatining birinchi kurs talabasi sifatida 16 oʻyindan 15 tasida maydonga tushgan. U karyerasidagi birinchi golini Katta oʻnlik turnirida „Wolverines“ning „Rutgers“ga qarshi yarim final oʻyinida kiritgan[5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Riviere 15 yoshgacha boʻlgan CONCACAF chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Iordaniyada boʻlib oʻtgan FIFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada sharafini himoya qilgan[6].
2017-yilning 12-noyabrida u xalqaro miqyosdagi debyutini AQShga 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchrash orqali boshlagan. 2019-yil 25-may kuni u 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati roʻyxatiga kiritilgan[7].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivierning otasi Dominikan, onasi esa Gonkonglik.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jayde Riviere tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 29.01.2020 | HEB Park, Edinburg, Amerika Qoʻshma Shtatlari | Saint Kitts va Nevis | 6 — 0 | 11-0 | 2020-yilgi CONCACAF ayollar olimpiya saralash chempionati |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Women's Olympic Football Tournament Tokyo 2020 Squad Lists“. FIFA.
- ↑ „Riviere is on track to be among Canada's next generation of elite soccer players“ (inglizcha). Ron Fanfair. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
- ↑ „Jayde Riviere“. Vancouver Whitecaps FC (3-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Riviere is on track to be among Canada's next generation of elite soccer players“ (inglizcha). Ron Fanfair. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
- ↑ „Jayde Riviere - Women's Soccer“ (inglizcha). University of Michigan Athletics. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
- ↑ „Jayde Riviere“. Vancouver Whitecaps FC (3-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Together We Rise: Canada Soccer announces squad for the FIFA Women's World Cup France 2019“. 6-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2019-yil.
