Kontent qismiga oʻtish

Jawaharlal Nehru

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jawaharlal Nehru
जवाहरलाल नेहरू
Hindiston bosh vaziri
Mansab davri
1947-yil 15-avgust1964-yil 27-may
Vorisi Gulzarilal Nanda (muvaqqat)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-noyabr 1889-yil (1889-11-14) (135 yosh)
Ollohobod, Britaniya Hindistoni (hozirgi Prayagraj, Hindiston)
Vafoti 27-may 1964-yil(1964-05-27)
(74 yoshda)
Nyu-Dehli, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Siyosiy partiyasi Indian National Congress
Bolalari Indira Gandhi
Ota-onasi Motilal Nehru (ota), Swarup Rani Nehru (ona)
Kasbi Huquqshunos, siyosatchi
Mukofotlari Andoza:Bharat Ratna mukofoti
Imzosi

Jawaharlal Nehru (talaffuzi: Javohirlaʼl Neru; 1889-yil 14-noyabr, Ollohobod — 1964-yil 27-may, Dehli) — Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi[1].

Milliy ozodlik kurashida Mahatma Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 yilgacha) taʼqib qilingan. 10 yildan ortiq umri qamoqda oʻtgan. Tarixda "Yangi Hindiston bunyodkori" nomi bilan mashhur. N. 1947 yil 15 avgda Dehlidagi mashhur Nal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qoʻlga kiritganligini eʼlon qilgan. Hindiston Res-publikasi bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri (1947 yildan). N. rahbarligida Hindiston xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. N. Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatdi. Uning mustamlakachilik, irkchillikka karshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qoʻyish, xalqlar oʻrtasida tenglik, doʻstlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Neru 1961-yilda qoʻshilmaslik siyosatini yaratdi. 1947 yilda harbiy bloklarga qoʻshilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan boʻlsa, hozirgi qoʻshilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari ishtirok etmoqda.



N. 1955 va 1961 yilda qizi Indira Gandi bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurib, oʻzbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. N. "Hindistonning kashf etilishi" asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi:

"Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevar-di, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan".[2]

  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil