Javanshir Fayziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Fayziyev Javanshir Ayyub og’li
ozarb. Cavanşir Əyyub oğlu Feyziyev
Fayziyev Javanshir Ayyub og’li
Olim
 
Fuqaroligi: Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Dini: islom
Tavalludi: 12-iyun 1963 (1963-06-12) (56 yosh)
Sheki tumanining Buyuk Dahna qishlog’i,
Ozarbayjon SSR, SSSR
 
Sayti: https://cavansir.feyziyev.com/

Javanshir Fayziyev 1963-chi yilda Sheki tumanining Buyuk Dahna qishlogʻida tugʻilgan.[1][2]

1970-1980-chi yillarda Sheki tumanidagi oʻrta maktabda tahsil olgan.

1983-1985-chi yillarda Qozogʻistonda harbiy xizmatni oʻtagan.

1986-1991-chi yillarda Ozarbayjon Pedagogika xorijiy Tillar instititining tarjima fakultetida tahsil olgan va institutni tarjimon-muallim ixtisosligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1991-1992-chi yillarda Ozarbayjon Pedagogika xorijiy Tillar instituti qoshida tashkil etilgan „Linqvist“ ta taʼlim — tarcima markazining ijrochi Direktori vazifasida ishlagan.

1992-1994-chi yillarda Ozarbayjon Pedagogika xorijiy Tillar institutining tarjima kafedrasining muallimi lavozimida ishlagan.

Sentyabr, 1994 — May, 1995 Belgiyaning „Sərhədsiz həkimlər“ gumanitar tashkilotida tarjimon va ish yurituvchi maʼmur vazifalarida ishlagan.

May, 1995- Oktyabr, 1998 AQSHning „Philip Morris“ shirkatining Kavkaz vakilligi Ozarbayjon tomonidan shoʻba mudiri lavozimida ishlagan.

Oktyabr,1998 — Oktyabr, 2002 „Planet Co. Ltd“ shirkatining asoschisi va Direktori lavozimida ishlagan.

Oktyabr, 2002 — Noyabr, 2010 „AvroMed“ shirkatining hamkor asoschisi va Bosh Direktori lavozimida ishlagan.

2004-chi yildan eʼtiboran Shekida faoliyat koʻrsatgan „Tour-İnvest“ shirkatining asoschisidir.

Dekabr, 2010 — Oktyabr 2015 — 4-chi chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Oliy Majlis aʼzosi, 115 — sonli Sheki ikkinchi saylov okrugidan deputat boʻlib saylangan.

2015 yil noyabrdan hozirga qadar — 5-chi chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Oliy Majlis aʼzosi, 115 — sonli Sheki ikkinchi saylov okrugidan deputat lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Partiyaviyligi — u oilali, 4ta farzandi bor.

Ilmiy faoliyati[tahrir]

Le Carrefour gazetasi Ozarbayjonning Fransiya institutida taqdim etildi[3], 5 aprel 2017-ci il

2004-2009-chi yillarda Ozarbayjon respublikasi milliy ilmlar akademiyasining Falsafa, sotsiologiya va huquq institutining doktoranti boʻldi. 2009-chi yilning oktyabr oyida „Etno siyosiy nizolarning maʼnaviy aspektlari“ mavzusidagi dissertatsiysini muvaffaqiyatli himoya qildi va falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.[2]

2010- ci yillarda AMEA Falsafa institutining doktoranti sifatida faoliyatda boʻlgan. „Turk Davlatlarining Birligi: Global integratsiyasining Ovrosiyo modeli“ nomli ilmiy ishi siyosatshunoslik fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun himoya arafasidadir.[2]

2002 — chi yillarda „Kavkazda etno siyosiy nizolar va ularning davlat mustaqilligiga taʼsiri“ nomli monografiya kitobi nashr qilindi.[2]

2008- chi yilda „Sulh falsafasii“ nomli ilmiy publisistik kitobi chop etildi.[2]

2013- chi yilda „Turk Davlatlarining Birligi: Global integratsiyasining Evrosiyo modeli“ nomli monografiyasi Ozarbayjon tilida va soʻnggi yillarda turk, qozoq, qirgiz, rus, bosniya va venger tillarida chop etilgan.[2]

2017- chi yilda Turk Dunyosi nomli 5-jildli toplami nashr etilgan.

  • „Turk dunyosining tamal qimmatlari“
  • „Turk xalqlariı“
  • „ Turk davlatchiligi tarixi“
  • „Turkshunoslik“
  • „Turk dunyosining tarixiy shaxslari“.

2015 — chi yilda Fransiya tarixchisi Jorj dö Mallevilinning „1915-chi yil armanilar fojiasi“ nomli kitobını Ozarbayjon tiliga tarjima qilib nashr etildi.[2]

2016 — chi yilda Fransiya yozuvchisi, Nobel mukofoti lauriyatı Patrik Modianonning „Mahalladan ketmoq uchun“ nomli romanını Ozarbayjon tiliga tarjima qilgan.[2]

2018- chi yilda Fransiya yozuvchisi Jan Kristof Rufeningm „Buyuk yurak“ romanını Ozarbayjon tiliga tarjima qilgan.[2]

Songgi 10 yilda 60-dan ortiq ilmiy maqolalari Ozarbayjon, Turkiya, AQSH, Qozogiston, Ukraina va Rossiyaning turli xil ilmiy nashrlarida nashr etilgan.[2]

Davriy matbuotda ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-falsafiy mavzularda 100dan ortiq maqolalarning muallifidir.[2]

Ozarbayjon, rus, turk, fransuz va ingliz tillarini mukammal biladi.[2]

Siyosiy faoliyati[tahrir]

2010 — chi yilning 7 noyabr parlament saylovlarida 115 — sonli Sheki kenti ikkinchi saylov okrugi doirasidan Ozarbayjon Respublikasinig 4-chi chaqiriq Oliy majlisiga deputat boʻib saylandi.[1]

2015 — chi yilning 1 noyabr parlament saylovlarida 115 — sonli Sheki kenti ikkinchi saylov okrugi doirasidan Ozarbayjon Respublikasinig 5-chi chaqiriq Oliy majlisiga deputat boʻib saylandi.[1]

Oliy majlisning Xalqaro munosabatlar va parlamentlar raisi aloqalari qoʻmitasining hamda , Oliy majlis Madaniyat Qomitasinig aʼzosidir.[1]

Ozarbayjon — Buyuk Britaniya va Ozarbayjon — Fransiya parlamentlarining ichki gruppalarining hamraisidir.[1]

Ozarbayjon Respublikasınıng Oliy Majlisining Shveytsariya Vengriya, Bosniya -Gersogoviyiya , Qirgiziston, va Yapoyiya davlatlari ishchi gruppalari aʼzosidir.[1]

Turk tilli oʻlkalarning Parlament Assambleyasıda Oliy majlis namoyandasi hay’atining aʼzosidir.[1]

AVRONEST Parlament Assambleyasıda Oliy majlis namoyandasi hay’atining aʼzosidir.[1]

2017-chi yilning yanvar oyidan Evropa İttifoqı — Ozarbayjon Parlament hamkorlik Qomitasinig raisidir.[1]

Ijtimoiy faoliyati[tahrir]

2005-chi yildan „Discovery Azerbaijan“ nomli elmi-adabiy jurnalning tashkilotchisi va bosh muharriridir.[2]

„Ozarbayjon — Qozogiston Dostlik Jamiyati“ ijtimoiy birligining hamkor tashkilotchisidir.[2]

2010-chi yildan eʼtiboran, Ozarbayjon Jurnalistlar Birligining aʼzosidir.[2]

2013-chi va 2018-chi yillərda Ozarbayjon Jurnalistlarining VI va VII qurultoylarida Ozarbayjon Matbuot qomitasi idora hay’ati aʼzoligiga qabul qilindi.[2]

2015-chi yilda Kolmar (Fransa) shahrining Faxriy elchisi deb eʼlon qilindi.[2]

2018-chi yildan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining aʼzosidir.[2]

Xorijiy oʻtishlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Dördüncü çağırış Azərbaycan Respublikası Milli Məclisinin 2010-ci il 29 noyabr tarixli iclasın stenoqramı. meclis.gov.az (Ozarbayjoncha)
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 Bioqrafiya
  3. Bakıda Frankofoniya həftələri çərçivəsində “Le Carrefour” qəzetinin təqdimatı keçirilib. azertag.az, 05.04.2017 (Ozarbayjoncha)