Java

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Java dasturlash tilidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʻlib, unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni [[O Operatsion sistema]]ga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++'ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.

Java obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP – Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildigan xatolarga sabab boʻluvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java baribir yaxshi.

Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kod interpretator tomonidan oʻqib yurgizdiriladi.

JAVA imkoniyatlari[tahrir]

  • WORA — Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi;
  • havfsizlik (ishonch yuq kodni havfsiz ishga tushirish);
  • hotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yigʻadi);
  • tarmoq uchun dasturlar yozish ;
  • koʻp oqimli (Multi-thread) dasturlash;
  • dinamik & kengaytirish;
  • Class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak boʻlsa ishlatiladi. Dinamik ravishda

imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak boʻlsa. Java texnologiyalari Java SE (Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi