Jarqoʻrgʻon minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jarqo‘rg‘on minorasidan yoʻnaltirildi)

Jarqoʻrgʻon minorasi — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (110809). Xuroson meʼmorlik maktabi anʼanalari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gʻishtdan qurilgan Jome masjid boʻlgan (saqlanmagan). Jarqoʻrgʻon minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirgʻadan iborat. 20 m balandlikda gʻishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor. Belbogʻ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N. N. Karazin rasmida masjid va minora harobasi aks ettirilgan (1879-yil). Minoraning hozirgi bal. 21,6 m, asosi (diametri — 5,4 m)ning kitobasida meʼmor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V. A. Shishkin tomonidan oʻqilgan). Jarqoʻrgʻon minorasi taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.[1]


Bu minorada aylanma zina boʻlib, muazzin turishiga moʻljallangan maydoncha — qafasga olib chiqqan. Bu maydoncha dastavval tahminan 16-18 metr balandlikda boʻlgan. Tanasining rish-tin yuzasi burtma epigrafik bezakdan iborat boʻlgan toʻrtta belbor bilan bezatilgan. Belboglar gʻisht juft-juft terilgan minoranishg yuzasida ajra-lib kurinib turadi. Bu monumental hattotlik-ning ilk variantlari boʻlib, taroshlangan gʻishtlardan terilgan kufiy lavhalar sodda va birmuncha handasaviy hususiyatga ega edi.

Minora belborlaridan birida u bunyod etilgan sana — hijriy 423-yilni ukdshga muvaffak, bulindi (bu milodiy 1032-yilga toʻgʻri keladi).

Oʻrta Osiyodagi qirrali yagona minora — Jarqoʻrgʻon minorasi. U Oʻrta asrlardagi Charmangan kishlori hududida memor Ali ibn Muhammad Saraxsiy tomonidan 1109-yilda qurilgan. Bir mahallar ikki oshiyonali boʻlgan bu minoraning kuyi oshienasi hozir ham yahshi saqlanib qolgan. Uning tanasi bir-biriga tutashgan yarimdoira tarzidagi 16 kirra bilan bezatilgan. Mahorat bilan archasi-mon terilgan kirralar

Quyida bir-biridan bir muncha koʻchib, yuqoriga koʻtarilgan sayin bir-biriga yaqinlashib boradi. 20 metr balandlikda ular gorizontal epigrafik belbogʻ bilan tutashgan. Bu erda kur`oniy lavh tugamagan, bipobarin, minora tanasining saqlanib qolmagan qismida epigrafik naqshli yana bir belbor boʻlgan. Minoraning 21,6 metrli qismi saqlanib qolgan. Quyi diametri 5,4 metr, yukorisi — 4,1 metr. Minora gʻishti royat puhtalik bilan naqshinkor terilgani va umu-man uning nafis badiiy qiyofasi kishini hayratga soladi. Jarqoʻrgʻon minorasi memoriy-badiiy yechimiga kura Shimoliy Hindiston va Huroson mino-ralariga yaqin turadi.

Sharqda bu tipdagi bino dastavval Narshahiyning „Buxoro tarixi“ kitobida tilga olingan. Unda Buxorodagi 937-yilda yonib ketgan Farjak madrasasi haqida gap boradi.

Ulurbek tomonidan Buhoro, Samarkand va Rij-duvonda barpo etilgan uchta Madrasa Oʻrta Osiyoda saqlaiib qolgan kuplab madrasalardan eng kadi-miylaridir. Termizda mavjud boʻlgan madrasalar-ning ilk klassik namunalari, afsuski, saqlanib qolmagan, shu bone ular hakida biron-bir maʼlu-motga ega emasmiz. Biroq Denovdagi XVI -XVII asrlarga oid Sayd Otalik madrasasi arhitektura-siga karab Termizda klassik Madrasa bunyod etish anʼanalari hakida hukm yuritish mumkin. Pishiq gʻishtdan koʻtarilgan bu monumental inshoot usha davrda etakchi boʻlgan Buhoro memorlik maktabi anʼapalarining kuchli taʼsiri ostida bunyod etil¬gan. Tarhi turri burchakli, ikki oshyonali bu bino-da chor atrofi hujralar hamda uklarida toʻrtta ustunli ayvon bilan kurshalgan hovli boʻlgan. Bu erda nodir va asosan Buhoro madrasalariga hos usul kullangan — bino yon taraflaridan tashkari-ga qaragan ravokli peshayvondar kuyilgan.

Termiz yaqinida 1955-yilda V. A. Nil’son tomonidan tadqiq etilgan, hom gʻishtdan sodda qurilgan ikki Madrasa XVIII — XIX asrlarga oiddir. Ularda ancha keng, baʼzan Oʻrtasida hovuz boʻlgan hovli atrofida (uning chor atrofini tula band etmagai holda) tarhi murabbaga yakin boʻlgan, usti balhi usulida yopilgan hujralar joylashgan. Hovlining gʻarbida esa tarzi yoyilgan, uch qismdan iborat masjid boʻlgan. Tarhiga kura bu honakr -masjid va Madrasa hujralaridan iborat sufiy-lar majmui boʻlgan. Bundam majmualar XVII — XIX asrlarda Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Masalan, Buxorodagi nisbatan monumental konstruk¬ciya boʻyicha qurilgan halifa Niezkul va halifa Hudoydod honako majmualari shu kabidir.

Surxondaryoning soʻl sohilidagi Hoja Mulki qishlogʻidagi madrasali bir qavatli katta majmua ancha yirik boʻlsa-da, memoriy ji-hdtdan soddarokdir. Oʻrtasida hovuzi boʻlgan soya-salqin chorsi hovli chor atrofida kirkka yakdn hujra bor. Hovlining janubi-garbiy burchagida uchta keng-katta hujra boʻlib, aftidan, darshona talori boʻlgan. Hovlining gʻarb tomonida hom gishtdan koʻtarilgan, shifti vassajuftli bir hadli masjid va xom gishtdan minbar boʻlgan. Tomonlari 3,5 metrli, balhi gumbaz bilan yopilgan hujralar devorida uchli ravoqli tokchalar boʻlib, ularga kitob tahlangan va roʻzgʻorr boʻyumlari terib qoʻyilgan. Shuningdek, koʻpchilik hujralarda kiraverishda ung burchakda uchok boʻlgan. Termizdan shimoli-sharqda joylashgan Solilobod qishlogʻidagi Madrasa (hozir yuk boʻlib ketgan) yuqorida tilga olingan madrasadan chorrok boʻlgan, biroq, ancha puxta ishlangan va kdtor bezaklari boʻlgan. Madrasa hovlisiga ikki tomonida guldasta minora boʻlgan darvozaxona orqali kirilgan, Hujralarda kitob va roʻgʻor buyumlarini qoʻyish uchun uchli ravokli tokchalar, shuningdek shimoliy burchakda devorning tashkarisida moʻrkoni boʻlgan yarim doira tokchasimon uchoq boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]