Janubiy orkni orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Janubiy orkni orollari - Atlantika okeanining janubiy qismidagi bir tuda (4ta katta va 40tacha mayda) orol, Antarktikada. Maydon 621 km2. Yer yuzasi togʻlik (bal. 1266 m gacha), qor va muzlar bilan qoplangan. Oʻsimligi mox va lishayniklardan iborat. Dengiz qushlari va tyulenlar yashaydi. Doimiy aholisi yoʻq. Britaniya va Argentina davlatlariga qarashli ilmiy stansiyalar ishlab turibdi. Orol 1821 yilda ingliz va amerikalik sanoatchilar J. Pouell va N. Palmer tomonidan kashf qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil