Janubiy kemachi neftgaz-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Janubiy kemachi neftgaz-kondensat koni - Buxoro viloyatidagi kon. Qorovulbozor temir yoʻl stansiyasidan 35 km shimoli-sharqda. 1979 yilda ochilgan, 1993 yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi tekislikdan iborat boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarb tomonga qiyalangan, yer yuzasi eol qumlari bilan qoplangan. 236–274 m balandlikda joylashgan.

Kon maydoni Chorjoʻy tektonik pogʻonasidagi Ispanlichandir koʻtarilmasining sharqiy qismidir. Strukturasi Kemachi-Zekri braxiantiklina-liningjan. qismida mujassamlashgan, 1970 yil seysmik razvedka ishlari natijasida aniklangan. Oʻlchami 25x 15 km. Keyinchalik qazilgan parametrik quduq ham sanoat miqyosida neft va gaz borligini tasdiqladi. 1979—1983 yillarda qaeilgan jami 22 quduq yura, boʻr, paleogen va toʻrtlamchi davr jinslarini ochgan. Karbonat jinsli kollektorqatlamning umumiy qalinligi 336–407 m boʻlib, u gorizontlarga ajratilgan.

Sanoat miqyosidagi neft-gazlilik yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan bogʻliq. 15-R gorizontdan (2186–2308 m chuqurlikda ochilgan) olingan gazning debiti 452—588 ming m’/sutka. Gaz-neft tutash yuza "—2061 m" satxda belgilangan. Uyum massivli, oʻlchami 11,5x4.1 km, balandligi 130 m. Gʻovak-lilik koeffitsiyenti 0,16; gazga toʻyinganlik koeffitsiyenti 0,78. Gaz quruq, metan miqdori 78,96—92,23%, azot kam (5,28%), karbonat kislotali (3,16), kam oltingugurtli (0,03%). Qatlam gazida etan 44 g/m1, propan 15 g/m1, izobutan 3 g/m1, butan 4g/m\ geliy 0,003%’Neft uyumi 15-NR va 15-R gori-zontlari bilan bogʻliq boʻlib, 2309— 2347 m chuqurlikda ochilgan. Uyum mas-sivli, oʻlchami 11,5x3,9 km, balandligi 10,0 m. Suvneft tutash yuzasi "—2071 m" satxda belgilangan. Gʻovaklilik koef-fitsiyenti 0,15, neftga toʻyinganlik — 0,69. Neft zichligi 0,884 g/sm1. Neft bera olishlik koeffitsiyenti — 0,18. Neft oʻrtacha va ogʻir, oltingu-gurtli, smolali, parafinli, benzin fraksiyasi kam. Neft tarkibida (%da); oltingugurt — 1,98, asfaltenlar — 1,77, smola — 9,6, parafin —5,75, benzin fraksiyalari — 8,56.

Kondensatlar oʻrtacha va ogʻir, zichligi 0,774 g/sm1, oltingugurtli, 300° gacha 90—95% fraksiyalar qaynaydi. Ulardan 75% benzin fraksiyalariga toʻgʻri keladi. Benzin fraksiyalarning kerosin fraksiyalarga nisbatan ajralishi 2,5 marotaba koʻp. Kondensatlardagi metan uglevodorodlarining miq-dori 44,4—54,2%. Barqaror kondeneatning gazdagi miqdori 43 g/m1.

Yura davri yotqiziqlaridagi qatlam suvlari xlorid-kaltsiy tipli, metamorflashgan namakoblardan iborat. Suv zichligi 1,07—1,08 g/sm1, mine-rallashganligi 90—100 g/l. Suv tarkibida sanoat miqyosidagi yod (oʻrtacha 54,0 mg/l) va brom (oʻrtacha 400,0 mg/l) uchraydi. Shuningdek, sanoat miqyosida toʻplangan litiy, rubidiy, stronsiy va seziy elementlari mavjud. Janubiy kemachi neftgaz-kondensat koni koni neft va gaz zaxirasiga koʻra oʻrtacha yiriklikdagi konlar toifasiga kiradi.