Peru gʻoʻzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Janubiy amerika gʻoʻzasidan yoʻnaltirildi)

Peru gʻoʻzasi, Janubiy Amerika gʻoʻzasi, si-aylend goʻzasi (Gossypium barbadense L.) — madaniylashtirilgan gʻoʻza turi. Genomi (AD)2, xromosomalar soni 2p=52. K. Linney taʼriflab bergan (1753). Jan. Amerikada (Peru, Boliviya, Shim. Braziliya, Ekvador, Kolumbiya), Misr, Sudan, Nigeriyada tarqalgan. P.gʻ.ning madaniylashtirilgan shakllari koʻpgi-na mamlakatlarda uzun tolali gʻoʻza navlari sifatida ekiladi. P.gʻ. — yi-rik yoki oʻrtacha monopodial va mayda simpodial buta. Oʻsimlik poyasi tuk-siz yoki kam tukli boʻlib, qalin, qora smola bezchalari bilan qoplangan, qoramtir yoki toʻq qizil boʻladi. Barglari oʻrtacha yoki yirik, 3—7 boʻlmali. Barg boʻlmalari tuxumsimon — uchburchakli, koʻpincha qayiqchasimon va kamdan-kam tekis boʻladi. Yon barglari nashtarsimonchiziqli, yuqoriga yoʻnalgan. Gullari yirik, gulbargi limonrang , asosida yirik toʻq qizil dogʻi bor. Kosachasi yirik, toʻlqinsimon yoki tekis boʻladi. Gu-lyonbarglarida 10—15 ta uzun chiziqli tishlari bor. Koʻsaklari mayda yoki oʻrtacha kattalikda, tuxumsimon-konus shaklida, baʼzan ancha uzunchoq, 3—4 chanokli boʻladi. Koʻsagining sirti toʻq yashil, mayda chuqurchali, yaltiroq aniq koʻrinadigan qora bezchalari bor. Har bir chanogʻida 5—6 tadan chigit boʻladi. Tuki oq, qoʻngʻir yoki koʻm-koʻk, oʻrtacha uzunliqsa, chalkashib ketgan. Tolasi och sariq, baʼzan oq, ingichka, uzun, ipaksimon.

P.gʻ.ning tur ichidagi barcha xillarini F. M. Mauyer 4 ta evolyusion gu-ruhga yoki kenja turga boʻladi (1954): qadimiy yovvoyi — darvini kenja turi [ssp. darwini (Watt.) Mauer]; yarim yovvoyi yoki ruderal — ruderale kenja turi (ssp. ruderale Mauer); madaniy-tropik — vitifolium kenja turi [ssp. vitifolium (Lam.) Mauer]; madaniylashtirilgan navlar — eubarbadenze kenja turi (ssp.eubarbadense Mauer). P.gʻ.ning tropik formalari fotodavriy oʻzgarishlarga qatʼiy taʼsirchan boʻlib, issiqni yoqtiradi, kechpishar, kuz-qish-baxrr oylarida hosil beradi. Madaniylashtirilgan subtropik shakllari fotodavriy oʻzgarishlarga unchalik taʼsirchan emas, qurgʻoqchilikka chidamli, tezpishar boʻlib, yoz oylarida hosil beradi. Koʻpchilik shakllari fuzarioz vilt bilan kasallanadi, ver-titsillyoz vilt bilan kamdan-kam zararlanadi yoki mutlaqo zararlanmaydi. Nihollari ildiz chirish kasalligiga, darvini shakli esa shoʻrga chidamli. Yovvoyi shakllarining chigiti — toshchigit. Koʻpchilik madaniy navlarning chigiti yaxshi sharoitda saqlansa, unib chikish qobiliyatini 10 yil va undan ham uzoqroq muddatgacha yoʻqotmaydi. P.gʻ. Meksika va chalkash tukli gʻoʻzalar bilan erkln chatishib, meva beradigan duragaylar hosil qiladi; harkness, raymond, hindixitoy, stoke va boshqa gʻoʻzalar bilan chatishtirib olingan duragaylari bepusht boʻladi. Klotssh, davidzon turlari bilan qiyin chatishadi, ammo ulardan olingan duragaylari unib chiqishi bilan no-bud boʻladi. P.gʻ.ning namunalari qimmatli genetik fond hisoblanadi va ulardan tola-sining texnologik sifati " yuqori boʻlgan ingichka tolali gʻoʻza navlarini yaratishda foydalaniladi. Yana q. Ingichka tolali gʻoʻza.

Adabiyot[tahrir]

  • Mauyer F. M., Gʻoʻza, 1-j., T., 1954; Jukovskiy P. M, Kulturnie rasteniya i ix sorodichi, 3 izd., L., 1971; TerAvanesyan D. V., Xlopchatnik, L., 1973.

Abdumavlon Abdullayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil