Janubiy Afrika milliy futbol terma jamoasi
| Shirt badge/Association crest | |||
| Tahallusi | Bafana Bafana | ||
|---|---|---|---|
| Assotsiatsiya | Janubiy Afrika futbol assotsiatsiyasi (SAFA) | ||
| Konfederatsiya | CAF (Afrika) | ||
| Sub-konfederatsiya | COSAFA (Janubiy Afrika) | ||
| Bosh murabbiy | Hugo Broos | ||
| Sardor | Ronwen Williams | ||
| Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Aaron Mokoena (107) | ||
| Eng yaxshi toʻpurar | Benni McCarthy (31) | ||
| Uy stadioni | Turli xil | ||
| FIFA kodi | RSA | ||
| |||
| FIFA reytingi | |||
| Hozirgi |
60 | ||
| Eng yuqori | 16 (1996-yil avgust) | ||
| Eng past | 124 (1992-yil dekabr) | ||
| Birinchi xalqaro oʻyin | |||
|
(Buenos Ayres, Argentina; 1906-yil 9-iyul)[2][3] | |||
| Eng yirik gʻalaba | |||
|
(Adelaida, Avstraliya; 1955-yil 17-sentyabr)[4] | |||
| Eng yirik magʻlubiyat | |||
|
(Keyptaun, Janubiy Afrika Respublikasi; 1920-yil 17-iyul)[2] | |||
| Jahon chempionati | |||
| Ishtiroki | 4 (Ilk marta 1998-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (1998, 2002, 2010) | ||
| Afrika Millatlar Kubogi | |||
| Ishtiroki | 12 (Ilk marta 1996-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi | Chempion (1996) | ||
| KONKAKAF oltin kubogi | |||
| Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2005-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi | Chorak final (2005) | ||
| Afrika millatlar chempionati | |||
| Istiroki | 2 (Ilk marta 2011-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi | Chorak final (2011) | ||
| Vebsayt | safa.net | ||
Janubiy Afrika milliy futbol jamoasi — futbol boʻyicha xalqaro musobaqalar va oʻrtoqlik oʻyinlarida Janubiy Afrika Respublikasi sharafini himoya qiladigan jamoa. Janubiy Afrikada futbol Janubiy Afrika futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi. Bafana Bafana (zulu tilida „Yigitlar“ soʻzidan tarjima qilingan) laqabli jamoa mamlakat boʻylab turli stadionlarda oʻynaydi. Jamoa FIFA va Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) aʼzosi hisoblanadi. Afrikadagi eng koʻp qoʻllab-quvvatlanadigan milliy jamoalardan biridir[5] va anʼanaviy sariq-yashil liboslari bilan tanilgan.
1906-yilda ilk oʻyinini oʻtkazgan Janubiy Afrika terma jamoasi FIFA tomonidan oʻn olti yilga chetlatilganidan va aparteid tizimi tufayli qirq yil davom etgan amaldagi diskvalifikatsiyadan soʻng, 1992-yilda jahon sahnasiga qaytgan[6]. Janubiy Afrika 2010-yilgi turnirga mezbon sifatida avtomatik tarzda qoʻshilganidan tashqari, FIFA Jahon chempionatiga uch marta — 1998, 2002 va 2026-yillarda yoʻllanma olgan. Mezbon sifatida jahon chempionatini oʻzida oʻtkazgan birinchi Afrika mamlakati boʻlgan. Guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Fransiyani 2:1 hisobida magʻlub etganiga qaramay, jamoa turnirning birinchi bosqichidan oʻta olmagan va FIFA Jahon chempionati tarixida guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan ilk mezbon mamlakatga aylangan (2022-yilda Qatar ham bu natijani takrorlagan)[7]. 2026-yil yanvar holatiga koʻra, jamoa FIFA umumiy reytingida 60-oʻrinni egallab turibdi.
Janubiy Afrikaning eng katta yutugʻi 1996-yilda Afrika Millatlar Kubogiga (AFCON) mezbonlik qilib, unda gʻolib chiqqaniga toʻgʻri keladi. Jamoa 1998-yilda yana finalga chiqqan, biroq Misrga imkoniyatni boy bergan.
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Lavozimi | Ismi |
|---|---|
| Jamoa menejeri | |
| Bosh murabbiy | |
| Yordamchi murabbiy | |
| Darvozabonlar murabbiyi | |
| Jamoa tashkilotchisi |
Murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vaqtinchalik menejerlar kursiv bilan koʻrsatilgan.
Alan Rogers (1963)
Jeff Butler (1992)
Stanley Tshabalala (1992)
Ephraim Mashaba (1992)
Augusto Palacios (1992–93)
Clive Barker (1994–97)
Jomo Sono (1998)
Philippe Troussier (1998)
Trott Moloto (1998–00)
Carlos Queiroz (2000–02)
Ephraim Mashaba (2001)
Trott Moloto (2002)
Jomo Sono (2002)
Ephraim Mashaba (2002–04, 2014–16)
Jomo Sono (2003)
April Phumo (2004)
Stuart Baxter (2004–05, 2017–19)
Ted Dumitru (2005–06)
Pitso Mosimane (2006)
Carlos Alberto Parreira (2007–08, 2009–10)
Joel Santana (2008–09)
Pitso Mosimane (2010–12)
Steve Komphela (2012)
Gordon Igesund (2012–14)
Molefi Ntseki (2019–21)
Helman Mkhalele (2021)
Hugo Broos (2021–hozirgacha)
Rekordlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 15-oktyabr[8][9]
- Qalin harflardagi oʻyinchilar hali ham Janubiy Afrika terma jamoasida faol.
Eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Futbolchi | Oʻyinlar | Gollar | Faoliyat davri |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Aaron Mokoena | 107 | 1 | 1999–2010 |
| 2 | Itumeleng Khune | 91 | 0 | 2008–2020 |
| 3 | Siphiwe Tshabalala | 90 | 12 | 2006–2017 |
| 4 | Siyabonga Nomvethe | 82 | 16 | 1999–2012 |
| 5 | Benni McCarthy | 81 | 31 | 1997–2012 |
| 6 | Shaun Bartlett | 74 | 29 | 1995–2005 |
| 7 | John Moshoeu | 73 | 8 | 1992–2004 |
| Bernard Parker | 73 | 23 | 2007–2015 | |
| 9 | Delron Buckley | 72 | 10 | 1999–2008 |
| 10 | Lucas Radebe | 70 | 2 | 1992–2003 |
Eng koʻp gol urganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| № | Futbolchi | Gollar | Oʻyinlar | Oʻrtacha | Faoliyat davri |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Benni McCarthy | 31 | 81 | 0.39 | 1997–2012 |
| 2 | Shaun Bartlett | 29 | 74 | 0.38 | 1995–2005 |
| 3 | Katlego Mphela | 23 | 53 | 0.43 | 2005–2013 |
| Bernard Parker | 23 | 73 | 0.32 | 2007–2015 | |
| 5 | Phil Masinga | 18 | 58 | 0.33 | 1992–2001 |
| 6 | Percy Tau | 16 | 52 | 0.31 | 2015–hozirgacha |
| Siyabonga Nomvethe | 16 | 82 | 0.2 | 1999–2012 | |
| 8 | Tokelo Rantie | 13 | 41 | 0.32 | 2012–2017 |
| Sibusiso Zuma | 13 | 67 | 0.19 | 1998–2008 | |
| 10 | Themba Zwane | 12 | 51 | 0.24 | 2014–hozirgacha |
| Siphiwe Tshabalala | 12 | 89 | 0.13 | 2006–2017 | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The FIFA/Coca-Cola Men's World Ranking“. FIFA (2026-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 19-yanvar.
- 1 2 „South Africa“. Elo Ratings. 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
- ↑ „Argentina v South Africa, 09 July 1906“. International Football History and Statistics. 2022-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ „All Bafana Bafana Matches“. South Africa FA. 2011-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-oktyabr.
- ↑ Mahlangu, H. B.; Dlodlo, N.; Mokoena, B. A. (June 2013). "Supporters' perceived brand equity of the Bafana Bafana National Football Team of South Africa | African Journal for Physical Health Education, Recreation and Dance". African Journal for Physical Health Education, Recreation and Dance 19 (2): 324–335. https://journals.co.za/doi/abs/10.10520/EJC137202. Qaraldi: 23 December 2024.Janubiy Afrika milliy futbol terma jamoasi]]
- ↑ „From apartheid to the World Cup – four decades in the sporting life of South Africa“. FIFA (2004-yil 27-oktyabr). 2017-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
- ↑ „England slip to worst Cup ranking“. BBC News (2010-yil 13-iyul). 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-dekabr.
- ↑ Passo Alpuin, Luis Fernando „South Africa – International Appearances“. RSSSF. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- ↑ „South Africa“. National Football Teams.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Janubiy Afrika milliy futbol terma jamoasi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Janubiy Afrika FA rasmiy veb-sayti
- Janubiy Afrika CAF saytida
- Janubiy Afrika FIFA saytida