Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emblemasi
Tashkilot bayrogʻi va gerbi:
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi
Atamasi: Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi
Asl atamasi: inglizcha: Association of Southeast Asian Nations
Aʼzo mamlakatlar: Bruney bayrogʻi Bruney, Kambodja bayrogʻi Kambodja, Indoneziya bayrogʻi Indoneziya , Laos bayrogʻi Laos , Malayziya bayrogʻi Malayziya , Burma bayrogʻi Myanma, Filippin bayrogʻi Filippin , Singapur bayrogʻi Singapur, Tailand bayrogʻi Tailand , Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Tahkilot Bosh kotibi: Lim Jock Hoi Bruney bayrogʻi Bruney
Tayinlaydi: Tashkilot vakillari roziligi ostida va ovoz berish shartlari bilan.
Asos solingan: 1967-yil 8-avgust Bangkok Tailand bayrogʻi Tailand
Maydoni: 4,479,210.5 km2
Aholisi: 602,658,000 kishi
Zichligi: 135/km2
Pul birliklari:

Vietnam 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinda turarkan. China Daily statistik malumotlariga ko'ra Vietnam, 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinni egallagan. O'sha statistik ma'lumotlarga ko'ra 2015-yilning o'zida Vetnamda tug'ilgan chaqaloqlarning 56% i nikohsiz tug'ilgan farzandlar edi. Bunga sabab ayollarning erkaklar tomonidan aldanishi va tashlab ketilishi ekan. Ulari qishloqlarida bir umrlik sharmandalik va badarg'a kutib turar edi. Ilgari ular bu vaziyatdan faqat bola oldirish yo'li bilan chiqib ketishgan. Ammo 2018-yilga kelib nikoh agentligi tomonidan aqlga sig'maydigan xizmat, ijaraga beriladigan erlar xizmati taqdim etildi. Shundan so'ng esa Vietnamda bola oldirish va o'zini o'zi o'ldirish statistikasi keskin pasayib ketgan. Janubiy-Sarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi[1](ASEAN /ˈɑːsi.ɑːn/ AH-see-ahn,[2] /ˈɑːzi.ɑːn/ AH-zee-ahn) – Ushbu jamlanma Osiyo qitʻasinig janubiy-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi.[3][4] Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan.[5] Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga etgan va tashkilot ichida endi Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda.[6] Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hudud Yer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va Yer aholisining 8,8%-iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan.[7] Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1961-yil Malayziya, Fillipin va Tayland mamlakatlari oʻrtasida imzolangan alyans keyinchalik Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi nomini olgan (JShOMA). Lekin bu jamlanma rasmiy ravishda besh davlat Indoneziya, Malayziya, Tayland, Singapur va Fillipin kabi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bangkokda Tayland Tashqi ishlar vazirligi departamentida uchrashuv tashkil etilgan va ushbu (JShOMA) tashkiloti yaratilishi haqidagi deklaratsiya qabul qilingan. Deklaratsiya keyinchalik jahon hamjamiyatida Bangkok Deklaratsiyasi nomini olgan. Tashkilotning asoschilari sifatida besh mamlakat Tashqi Ishlar vazirlari eʻtirof etiladi, bular: Indoneziyadan Adam Malik, Fillipindan Narciso Ramos, Malayziyadan Abdul Razak, Singapurdan S. Rajaratnam va Tayland vakili Thanat Khomanlardir.[8]

1960-yillarda[9] roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan. 1984 1-yanvarida Bruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng 1984-yilning 8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilib Bruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan.[10]

Tashkilot kengayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilning 28-iyulida Vyetnam yettinchi aʻzo sifatida[11] va keyinchalik ikki yildan soʻng 1997-yilning 23-iyulida Laos hamda Myanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan.[12] Kambodja Laos va Myanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib 1999-yilning 30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan.[12][13] 1990-yillarda kelajakdagi birlashish tufayli jamlanmada kengayish kuzatilgan. 1990-yilda Malayziya vakillari Sharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan [14] va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyakabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikda AQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelarini Osiya hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan.[15][16] Lekin bu reja AQSh va Yaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan.[15][17] Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib 1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan. 1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan. 1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan.[18] Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan. 1995-yilning 15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy –Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv 1997-yilning 28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv 2001-yilning 21-iyunida Fillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan.[19]

Sharqiy Timor va Papua New Guinea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 2011-yilning martida Jakartada oʻtkazilgan sammitida Sharqiy Timor tashkilotga aʻzo boʻlish istagini bildirgan. Bunga javoban Indoneziya ushbu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan.[20][21][22] Папуа-Новая Гвинея 1976-yilda kuzatuvchilik mavqeiga, keyinchalik 1981-yilda maxsus kuzatuvchi sifatida tashkilot sammitlarida ishtirok etishni boshlagan.[23] JShOMA ushbu mamlakat bilan 1976-yil Bali shahrida oʻtkazilgan sammit ortidan iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu holat 80-yillarning oʻrtalarida toʻlaqonli amalga oshirilib, keyinchalik 1991-yilda Tayland rezolyutsiyasi ortidan erkin savdo hududida oʻz mavqeini yanada oshirgan.

Atrof muhit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Satellite image of the 2006 haze over Borneo.

21-asrga kelib koʻpgina mamlakatlar va yirik tashkilotlar atrof-muhit holatini tiklash va yaxshilash kabi savollarni hal qilish tarzini oldiga maqsad qilib qoʻyishmoqda. Jumladan JShOMA tashkiloti endilikda tabiatni saqlash kabi yangi tartibdagi tizimlarni oʻzining regional hududida qabul qilmoqda. Tashkiliot vakillari avvaliga 2002-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda tutunli ifloslanishni nazorat qilish maqsadida JShOMA transhududida tutunli ifloslanishga qarshi kelishuvni imzolashgan.[24] Afsuski bu imzolangan kelishuv 2005-06-yillarda Malayziya tomonidan ifloslangan havo oqimi tufayli oʻz qadrini yoʻqotgan. Shuningdek tashkilot ekologik muamolarni oʻz ichiga oladigan bir necha kelishuvlarni qabul qilib, shulardan: Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik deklaratsiyasi,[25] 2005-yilda АСЕАН Wildlife Enforcement tarmogʻi regionda joriy qilinishi [26] va Osiyo-Tinch okeanining iqlim va muhitni asrash kabi masalalarda hamkorlikning imzolanishi iqlimning oʻzgarishi sababli qabul qilingan. 2003-yilda Bali shahrida oʻtkazilgan JShOMA sammitida aʻzo mamlakatlar vakillari birdamlikda demokratik dunyo tartibiga asoslangan tizimni imzolashgan. Bunga sabab barcha mamlakatlar jahon va regional hudud hamjamiyatida oʻz demokratik dunyoqarashlarini tenglashtirishga va yaqin kelajakda rivojlanishga erishish harakatlari asosiy dalillar sifatida koʻriladi. Bundan tashqari demokratik boʻlmagan aʻzo mamlakatlar ham bu kabi vaziyatni qoʻllab quvvatlashgan.[27]

JShOMA plyus uch[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir mamlakat vakillari keyinchalik tashkilot faoliyatini oʻrganib chiqishib kelajakda yangi integratsiyalarni regionda joriy qilish zarur degan hulosaga kelishgan va 1997-yildan boshlab shu maqsadlar asosida va tashkilot faoliyatini regionda yanada kuchaytirish kabi masalalarni hal qilish uchun yangi iqtisodiy jamlanma yaratish harakatini boshlashgan. Aʻzo mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy aloqalarini yaxshilash uchun oʻtkazilgan Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya kabi mamlakatlarni oʻz doirasiga olgan Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida tashkilotga yirik eksportyorlar Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni tarkibga qoʻshish istagini bildirishgan va bu masala keyinchalik matbuotda JShOMA plyus uch degan nomini olgan. Bu harakat Yevropa hamjamiyatini Sharqiy Osiyo hududida yoʻq qilish va yangi zamonaviy, rivojlangan sanoatni bunyod etish hamda kuchli Sharqiy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatini yaratish ekanligi baʻzi bir mamlakatlar tomonidan tanqid qilib kelinadi. Ohirgi yillarda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oʻrganish maqsadida hamda tashkilot jamgʻarmasini tashkil qilish masalalari sababli JShOMA huzurida Kuzatuvchi Faollar guruhi tashkil etilgan. 2006-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan[28] va bunga javoban JShOMA tashkilotning "dialoglar borasida hamkor" degan maqomiga erishgan.[29]

Erkin savdo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda JShOMA tashkiloti oʻzining 40-yilligini va Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan boʻlgan diplomatik aloqalarga 30-yil toʻlganini nishonlagan. .[30] 2007-yilning 26-avgustida tashkilot vakillari to 2013-yilga qadar Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya]] va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar oʻrtasidagi erkin savdo shartnomalarini yakunlash rejalanganini hamda ushbu kelishuvdan soʻng 2015-yilda JShOMA iqtisodiy hamjamiyati yaratilishini matbuot anjumanida bayon qilishgan.[31][32] 2007-yilning noyabrida JShOMA aʻzolari tashkilot jamgʻarmasi, qonunlari va JShOMA aʻzolari oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash hamda tashkilotni Xalqaro qonuniy shaklda yaratish kabi kelishuvlarni imzolashgan. Huddi shu yili JShOMA vakillari oʻrtasida Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik Deklaratsiyasi qabul qilingan va keyinchalik 2007-yilning 15-yanvarida Avstraliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya mamlakatlari tomonidan ushbu bitim qabul qilingan. 2009-yilning 27-fevralida JShOMA tarkibidagi 10 mamlakat va Avstraliya hamda uning yaqin savdo hamkori Yangi Zelandiya vakillari oʻrtasida 2000-2020-yillar davomida erkin savdo hududi shartnomasi imzolanishi ishlari boshlangani va bu harakat keyingi yillarda mamlakatlar Yalpi ishki mahsulot hajmining 48 mlrd. AQSh Dollariga oʻsishiga turtki boʻlgan.[33][34] JShOMA aʻzolari oʻzining savdo jihatdan asosiy olti hamkorlari Avstraliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyalar bilan birgalikda umumiyhajmdagi regional iqtisodiy hamkorlik yaratish borasida kelishuvlar imzolanishini qayd etib oʻtishgan. Bu harakatlarning birinchi bosqichi 2013-yilning 26-28-fevralida Indoneziyaning Bali shahrida oʻtkazilgan tashkilot sammitida boshlangan.[35]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Overview“. ASEAN. 26-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2009-yil.
  2. VOA.gov, Search Voice of America
  3. „NLS/BPH: Other Writings, The ABC Book, A Pronunciation Guide“ (8-may 2006-yil). 12-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2009-yil.
  4. Asean.org (Wayback Machine saytida 2012-03-02 sanasida arxivlangan), ASEAN-10: Meeting the Challenges, by Termsak Chalermpalanupap, Asean.org, ASEAN Secretariat official website. Retrieved 27-iyun 2008-yil.
  5. Bangkok Declaration. Wikisource. Retrieved 14-mart 2007-yil.
  6. Asean.org (Wayback Machine saytida 2009-01-26 sanasida arxivlangan), Overview, Asean.org, ASEAN Secretariat official website. Retrieved 12-iyun 2006-yil.
  7. EC.Europa.eu (Wayback Machine saytida 2010-04-14 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2010-04-14 sanasida arxivlangan), European Union Relations with ASEAN. Retrieved 29-oktabr 2010-yil.
  8. Bernard Eccleston, Michael Dawson, Deborah J. McNamara. The Asia-Pacific Profile. Routledge (UK), 1998. ISBN 0-415-17279-9. 
  9. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  10. „Background Note:Brunei Darussalam/Profile:/Foreign Relations“. United States State Department. 2-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2007-yil.
  11. „Vietnam in ASEAN : Toward Cooperation for Mutual Benefits“. ASEAN Secretariat (2007). Qaraldi: 28-avgust 2009-yil.
  12. 12,0 12,1 Carolyn L. Gates, Mya Than. ASEAN Enlargement: impacts and implications. Institute of Southeast Asian Studies, 2001. ISBN 981-230-081-3. 
  13. „Statement by the Secretary-General of ASEAN Welcoming the Kingdom of Cambodia as the Tenth Member State of ASEAN : 30-aprel 1999-yil, ASEAN Secretariat“. ASEAN Secretariat (2008). Qaraldi: 28-avgust 2009-yil.
  14. East Asia Economic Caucus. ASEAN Secretariat. Retrieved 14-mart 2007-yil.
  15. 15,0 15,1 Asiaviews.org, Whither East Asia? Retrieved 14-mart 2007-yil.
  16. UNT.edu, Asia's Reaction to NAFTA, Nancy J. Hamilton. CRS – Congressional Research Service. Retrieved 14-mart 2007-yil.
  17. IHT.com, Japan Straddles Fence on Issue of East Asia Caucus. International Herald Tribune. Retrieved 14-mart 2007-yil.
  18. „Regional Financial Cooperation among ASEAN+3“. Japanese Ministry of Foreign Affairs. 9-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2008-yil. „arxiv nusxasi“. 2008-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-may.
  19. Bangkok Treaty (in alphabetical order) At UNODA United Nations. Retrieved 4-sentabr 2008-yil.
  20. E.Timor leader pushes for ASEAN membership (Wayback Machine saytida 2012-03-14 sanasida arxivlangan), date: 1-dekabr 2010-yil.
  21. East Timor Bid to Join ASEAN Wins 'Strong Support', Bangkok Post, date: 31-yanvar 2011-yil.
  22. East Timor to Join ASEAN in Jakarta 2011, Jakarta Globe, date: 1-dekabr 2010-yil.
  23. „ASEAN secretariat“. ASEAN (23-iyul 1999-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2009-yil.
  24. ASEAN Secretariat. ASEAN Agreement on Transboundary Haze Pollution. Extracted 12-oktabr 2006-yil
  25. East Asian leaders to promote biofuel (Wayback Machine saytida 2011-04-29 sanasida arxivlangan), Philippine Daily Inquirer, 13-mart 2007-yil.
  26. „ASEAN Statement on Launching of the ASEAN Wildlife Enforcement Network (ASEAN-WEN)“. ASEAN (1-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2009-yil.
  27. Luard, Tim. „Asean: Changing, but only slowly“. BBC (8-oktabr 2003-yil).
  28. RP resolution for observer status in UN assembly OK’d (Wayback Machine saytida 2009-02-12 sanasida arxivlangan), Philippine Daily Inquirer, 13-mart 2007-yil.
  29. „Philippines to Represent Asean in UN Meetings in Ny, Geneva“. Yahoo! News (7-mart 2007-yil). 12-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2007-yil.
  30. Forss, Pearl. „US and ASEAN seeking to enhance relationship: Dr Balaji“. Channel NewsAsia (27-avgust 2007-yil). 30-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2007-yil.
  31. „ASEAN to complete free trade agreements by 2013“. Forbes (26-avgust 2007-yil). 2010-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2007-yil.
  32. Ong, Christine. „ASEAN confident of concluding FTAs with partners by 2013“. Channel NewsAsia (27-avgust 2007-yil). 29-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2007-yil.
  33. „ASEAN, Australia and New Zealand Free Trade Agreement – NZ Ministry of Foreign Affairs and Trade“. Mfat.govt.nz. 15-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2009-yil. „arxiv nusxasi“. 2007-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-may.
  34. „Asean, Australia, New Zealand Sign Free-Trade Deal (Update1)“. Bloomberg (27-fevral 2009-yil). Qaraldi: 21-may 2009-yil.
  35. „ASEAN+6 trade bloc in the making“. Investvine.com (2013-yil 23-fevral). 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-fevral.