Jannat (roman)
Qiyofa
|
„Jannat“ romanining oʻzbek tilidagi nashri | |
| Muallif(lar) | Abdulrazak Gurnah |
|---|---|
| Tarjimon(lar) | Madina Abdullayeva |
| Mamlakat |
|
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | roman |
| Nashr etilgan sanasi | 1994-yil |
| Nashriyot | Hamish Hamilton |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2024-yil |
| Sahifalar soni | 256 |
| ISBN | 9780747573999 |
| Avvalgisi | „Dottie“ |
| Keyingisi | „Admiring Silence“ |
„Jannat“ – Nobel mukofoti sovrindori, Zanzibarda tugʻilgan britaniyalik yozuvchi Abdulrazak Gurnahning tarixiy romani boʻlib, birinchi marta 1994-yilda Londonda joylashgan Hamish Hamilton nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Roman Booker mukofotiga hamda badiiy adabiyot uchun beriladigan Whitbread mukofotiga nomzod boʻlgan[1][2].
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar birinchi marotaba 1994-yilda Buyuk Britaniyaning Hamish Hamilton nashriyoti tomonidan ingliz tilida nashr etilgan. Oradan 10 yil oʻtib, 2004-yilda esa Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan yana bir bor nashrdan chiqarilgan. 2024-yilda Gurnahning ushbu romani Madina Abdullayeva tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, Asaxiy Books nashriyoti tomonidan 5,000 nusxada chop etilgan[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Booker Prize 1994“. The Booker Prizes. Qaraldi: 2015-yil 3-iyun.
- ↑ "A Note on the Author." In Desertion, by Abdulrazak Gurnah, 263. London: Bloomsbury, 2006.
- ↑ „Abdurazzoq Gurna: Jannat“. www.asaxiy.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2024-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ JANNAT. Asaxiy Books — 252-bet. ISBN 978-9910-9325-7-1.