Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun ko‘krak nishoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekistonfuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi.
Taqdirlash asosi xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 30-may.

„Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun“ ko‘krak nishoni bilan xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi[1][2][3].

Mukofotlash tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘krak nishoni O‘zbekiston Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari va harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining taqdimnomasi bo‘yicha yoki vazir qarori asosida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotga sazovor bo‘lganlarga ko‘krak nishoni bilan birgalikda mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliq topshiriladi. Shuningdek, taqdirlangan harbiy xizmatchilarga (xorijiy davlat fuqarolari bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ko‘kruk nishoni kumush va tilla rangdagi metall qorishmadan tayyorlangan bo‘lib, bir-birining ustiga tushirilgan, umumiy markazga, turli o‘lchamdagi uchta sakkiz qirrali yulduz shakliga ega.
  • Nishonning old tomonida aylana markazidagi yashil fonda ramziy ma’nodagi qo‘l berib ko‘rishayotgan tilla suvi yurgizilgan qo‘l fragmentlari, moviy rangdagi globus, O‘zbekiston xaritasi va kabutarlar tasvirlangan.
  • Globus atrofida – tilla rangdagi lavr novdalarining relyefli tasviri aks etgan.
  • Lavr novdalari atrofida – moviy fondagi oq harflar bilan aylana bo‘ylab bir qator qilib yozilgan “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” yozuvini sakkiz qirrali yulduz ajratib turadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]