Jan Koller

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Jan Koller (chex. Jan Koller)—nemis millatiga mansub chexiyalik futbolchi, hujumchi.1973-yil 30-martda Chexoslovakiyaning Janubiy Chexiya viloyati Smetanova Lgota qishlogʻida tugʻilgan.Chexiya milliy futbol terma jamoasi futbolchisi (1999-2009).U oʻzining boʻyi (202 sm[1]) va toʻpga oyoq va bosh bilan kuchli zarba berishi bilan mashhur. Chexiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar (55 gol)[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jan Koller futbolni 1978-yilda tugʻilib oʻsgan qishlogʻi „Smetanova Lxota“ jamoasida boshlagan.U futbolchilik faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan, keyinroq hujumchi sifatida tayyorlangan.Armiyada xizmat qilgandan soʻng,Jan bank xodimi boʻlib ishladi va „Milevsko“ professional boʻlmagan jamoasida oʻynadi.U professional faoliyatini 21 yoshida 1994-yilda Chexiyaning „Sparta“ klubida boshlagan.Birinchi mavsumida Jan bor-yoʻgʻi oltita oʻyin oʻtkazib bitta gol urdi, ammo bu Chexiya chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi.Keyingi mavsumda Koller tez-tez maydonga tushdi (24 ta oʻyin) va koʻproq (4 ta gol) gol urdi.Jamoa bilan mamlakat kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.Ikki yil ichida u 30 ta oʻyin oʻtkazib 5 ta gol urdi.1996-yilda Koller „erkin agent“ sifatida Belgiyaning „Lokeren“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Belgiya birinchi divizionida „Lokeren“ uchun Koller 97 oʻyin oʻtkazdi va 43 gol urdi va 1999-yilda liganing eng yaxshi toʻpurariga aylandi.Keyin esa „Anderlext“ klubi bilan shartnoma imzoladi.Yangi jamoasida Jan kanadalik hujumchi Tomash Radzinski bilan hujumkor duet tuzdi."Binafsharanglilar" safida birinchi mavsumida birinchi divizionning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.Ikki yil ichida u 65 ta oʻyin oʻtkazib,42 ta gol urdi.2000/01-yilgi mavsum oxirida uni Germaniyaning „Borussiya Dortmund“ klubi 13 million yevroga sotib oldi.

„Borussiya“ tarkibida Koller 5 mavsum oʻtkazdi va shu vaqt ichida 138 ta oʻyin oʻtkazib 59 ta gol urdi. Jan oʻzining eng katta muvaffaqiyatini 2002-yilda Dortmundda qoʻlga kiritdi.Germaniya chempioni boʻldi va UEFA kubogi finaliga chiqdi.2002/03-yilgi mavsumda Koller oʻzini darvozabon sifatida koʻrsata oldi."Bavariya" klubiga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimida „qora-sariqlar“ darvozaboni Yens Leman maydondan chetlatildi va Koller darvozada turishga majbur boʻldi.Maykl Ballak va boshqa bavariyaliklarda yaxshi imkoniyatlar boʻlishiga qaramay, u oʻyin oxirigacha darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Tur yakunida „Kicker“ Kollerni ramziy Bundesliga jamoasiga darvozabon sifatida kiritdi.

2006-yilda Koller Fransiyaning „Monako“ klubi bilan shartnoma imzoladi.Fransiyadagi bir yarim mavsum Koller uchun eng yaxshisi boʻlmadi.Garchi u „Monako“ tarkibida 50 ta oʻyin oʻtkazib,12 ta gol urgan boʻlsada.Jan „Nyurenberg“da oʻynash uchun Germaniyaga qaytishga qaror qildi.Mavsum yakuniga qadar qolgan vaqt ichida u 14 ta oʻyin oʻtkazib,2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.Ammo bu jamoani Ikkinchi Bundesligaga tushib ketishdan saqlab qolmadi.2008-yil 23-iyunda Koller 1 million yevroga Rossiyaning „Krilya Sovetov“ klubiga sotildi.

Jan Samara jamoasida debyutini 2008-yil 12-iyulda „Shinnik“ga qarshi mehmonda oʻtkazdi.Jan oʻzining sakkizinchi oʻyinida 31-avgust kuni „Tom“ klubiga qarshi safar oʻyinida raqib jamoasi darvozasini ishgʻol qildi.66-daqiqada Sergey Budilin qanotdan uzatmani boshi bilan urdi. Umuman olganda Koller Rossiya chempionatining 46 ta oʻyinida qatnashib ularda 16 ta gol urgan. 2009-yilda jamoaning moliyaviy ahvoli yomonlashdi va 5-dekabrda Jan Fransiya 3-ligasi „Kann“ klubiga oʻtdi.

Koller 2010-yilning 16-yanvarida Fransiya milliy chempionatida debyut qildi va birinchi o‘yindagi gollari bilan hisobni ochdi.2009/10-yilgi mavsumda u 15 ta oʻyin oʻtkazib 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.2010/11-yilgi mavsumda Jan 29 oʻyinda 16 ta gol urgan gollar soni boʻyicha uchinchi boʻldi.

2011-yil 17-avgustda Chexiyaning ČTK agentligiga bergan intervyusida Koller oʻzining professional futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[2][3].Ayni paytda u tugʻilib oʻsgan qishlogʻining havaskorlar jamoasi — „Smetanova Lxota“ klubida oʻynaydi.

Terma jamoa miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1999-yildan 2009-yilgacha Chexiya terma jamoasida o‘ynagan.90 ta o‘yinda maydonga tushgan va 55 ta gol urib, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan.U Chexiya terma jamoasining 2006 yilgi jahon chempionatidagi debyut golini AQSHga qarshi o‘yinda (3:0) kiritgan.

2008-yil aprel oyida u Yevro-2008 da oʻynaganidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Ushbu musobaqada Koller guruh bosqichining uchta oʻyinida ham maydonga tushib, bitta gol urdi.Chexiya uchun omadsiz tugagan Turkiya terma jamoasiga qarshi soʻnggi va hal qiluvchi oʻyinda boshi bilan hisobni ochdi-2:3.2009-yilda u Chexiya terma jamoasi safida yana bir oʻyin oʻtkazdi.

2013-yil 21-iyul kuni Koller Chexiyaning plyaj futboli jamoasida debyut qildi.U yerda uning jamoasi Slovakiyani mag‘lub etdi va hujumchining o‘zi bitta gol urdi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy
"Sparta"
"Anderlext"
"Borussiya Dortmund"
Shaxsiy

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uylangan.Uning rafiqasi Xedvika Koller model boʻlib ishlagan va chexiyalik yarim himoyachi Pavel Horvatga turmushga chiqqan.U 2003-yilda Janga turmushga chiqdi, shundan soʻng u podiumni tark etib, uy bekasi boʻldi.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin davomida kontakt linzalarini taqib maydonga tushadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Лучшие бомбардиры европейских сборных“ (ru). UEFA.com (9-sentabr 2015-yil). 6-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktabr 2017-yil.
  2. „Kanonýr Koller v 38 letech ukončil kariéru“ (cs). SportovníNoviny.cz (17-avgust 2011-yil). 25-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-avgust 2011-yil.
  3. „Legenda končí: Koller uzavřel kariéru!“ (cs). Oficiální stránky Jana Kollera (17-avgust 2011-yil). 25-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-avgust 2011-yil.
  4. „Слуцкий: Коллер ушёл в раздевалку, чтобы надеть линзу“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-dekabr 2011-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]