Jamoati islomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jamoati islomiya - Hindistonda 1941 yil barpo boʻlgan umumhindiston partiyasi. 1948 yil uning asosida mustaqil "Jamoati islomiy hind" tarkib topdi. Hozirgi vaqtda u soʻl islom oqimlarining umumiy gʻoyaviy uyushmasi sifatida Pokiston, Hindiston va Bangladeshda (1971 yildan) faoliyat olib borayotir. "Jamoati islomiya"ning nazariy dasturini pokistonlik Abul Aʻlo Mavdudiy ishlab chiqqan. Partiyaning nizomiga koʻra, rahbariyat tarkibi islomiy qoida - mushovara (maslahat) asosida tuziladi. Tashkilotni barcha aʻzolar tomonidan saylangan amir boshqaradi. Partiyaga aʻzolik cheklangan. Unga "shaxsiy va ijtimoiy hayotda shariat qonunlariga qatiy rioya qiladigan", sinov muddatini oʻtagan hamda qasamyod qilgan shaxslar qabul etiladi. Mavdudiy taʻbiri bilan aytganda, Pokistonning atigi 4-5% aholisi haqiqiy musulmon xisoblanishi mumkin. Shu boisdan partiyaning goʻla huquqli aʻzolari soni uncha katta emas (2500-3000), ammo uning asosiy kuchini behisob "tarafdorlar" va "xayrixohlar" tashkil etadi. "Jamoati islomiya" ijtimoiy jihatdan ziyolilar, talabalar, kichik mulkdorlar va shahar quyi tabaqalari hamda harbiylarning eskilikni yoqlovchi toifalaridan tarkib gopgan. Partiyaning asosiy maqsadi - islom davlatini tuzishdir. Bunday davlat tuzumini Mavdudiy "teodemoqratiya" deb atadi va u "yangi tipdagi (yaʻni oʻziga oʻxshagan) ulamolar tomonidan boshkdrilishi kerak". A. Mavdudiy vafot etgach, partiyaga Mian Mohammad, Rafur Ahmad va Mavdudiyning oʻgʻli - Mavlono Faruqiy rahbarlik qilmoqda.