Jamiyat orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamiyat orollari - Tinch okeanning Polineziya o.lari guruhida. Fransiya mulki. J. o. — Shamolli va Shamolsiz orollar guruhidan iborat. Mayd. 1,6 ming km2. Maʼmuriy markazi Papeete (Taiti o.da). Orollarning koʻpi vulqon orollar boʻlib, marjon riflari bilan oʻralgan. Bal. 2241 m gacha. Eng katta oroli — Taiti. Iqlimi tropik iqlim. Oʻrtacha tempatura martda 26°, avgustda 20°. Yillik yogʻin 1500–2500 mm. Kokos palmasi, sandal, vanil daraxtlari, banan, shakarqamish, paxta, ananas va b. oʻstiriladi. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil