Jamila Afgʻoniy
| Jamila AfgʻoniyJamila Afgʻoniy | |
|---|---|
|
Jamila Afgʻoniy 2020-yilda | |
| Afgʻon Ayollar Tarmogʻi | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1976 (yoshi 49–50) Kobul, Afgʻoniston Respublikasi |
| Kasbi | Ayollar huquqlari faoli |
Jamila Afgʻoniy (1976-yilda tugʻilgan) – afgʻon ayollar huquqlari faoli. „Noor Educational and Capacity Development Organization“ (NECDO) tashkilotining asoschisi va ijrochi direktori. Shuningdek, „Afgʻon Ayollar Tarmogʻi“ning (AWN) ijrochi aʼzosi. 2022-yilda „Aurora insoniyatni uygʻotish mukofoti“ bilan taqdirlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamila Afgʻoniy 1976-yilda Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan[1]. Bolaligida Afgʻoniy poliomiyelit bilan kasallangan. Kasallik asoratlari sabab bugungi kunda ham yurish uchun ortopedik moslamaga tayanishga majbur[2]. 14 yoshida Afgʻon urushi paytida boshidan oʻq yegan[2].
Afgʻoniy 1990-yillarda Afgʻoniston fuqarolar urushi davrida Kobuldan qochib, Peshovarga joylashgan[3]. Peshovar universitetida bakalavr va magistr darajalarini olgan[4]. U oʻzining ilk faoliyatini Pokistondagi afgʻon qochqinlar lagerlarida ijtimoiy xodim sifatida boshlagan[5]. Shuningdek, Qurʼon taʼlimi darslari orqali lagerlardagi ayollarning savodli boʻlishiga yordam bergan[5].
Afgʻoniy ayollarning taʼlim olishi yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biri ayol oʻqituvchilar yetishmasligi ekanini taʼkidlagan[6]. 2001-yilda u ayollar va bolalar taʼlimini yengillashtirish maqsadida NECDO tashkilotiga asos solgan[4]. NECDO, shuningdek, imo-ishora tilini oʻrgatadi, mojarolarni hal etish va gender masalalari boʻyicha mashgʻulotlar olib boradi[2]. NECDO ayollar va qizlarga murojaat qilishning innovatsion usullarini yaratgani bilan ham mashhur. Masalan, tashkilot qizlar uchun kutubxona tashkil etgan, biroq qizlarni kutubxonaga olib kelish uchun oʻgʻil bolalarni jalb qilgan va har safar besh nafar qizni olib kelgan oʻgʻil bolalarga mukofot berilgan[3]. Ushbu tashkilot 22 viloyatda taxminan 50 000 nafar ayolga xizmat koʻrsatadi[7].
Afgʻoniyning faoliyati Islom ayollarga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlaydi degan notoʻgʻri tasavvurni bevosita rad etadi[8]. Afgʻoniy oʻz faoliyati davomida afgʻon madaniyati juda dindor va konservativ boʻlgani uchun „islomiy asoslar boʻlmasa, ayollarning ogʻzi yopiladi“ degan xulosaga kelgan[9]. Uning gender masalalari boʻyicha treninglari Islom dini ayollar huquqlariga ruxsat berishini anglamagan erkaklarga kuchli taʼsir koʻrsatgan va erkaklarning ayollar tarafdoriga aylanishiga yordam bergan[7]. Afgʻoniy „dastur oʻziga xos inqilob, chunki ilgari ayollarni ezishi bilan tanilgan diniy yetakchilar endi Qurʼon soʻzlari orqali ular uchun adolatni targʻib qilmoqda“, degan soʻzlarni aytgan[10].
U Afgʻonistondagi patriarxal qabilaviy boshqaruv tizimiga qarshi chiqish ustida ham ishlaydi[8]. Shuningdek, siyosatchi Afgʻoniston muammolaridan biri fuqarolar „Islom, madaniyat va siyosat“ oʻrtasidagi farqlarni ajrata olmasligida, deb hisoblaydi[6].
Afgʻoniy 2008-yilda „Tanenbaum Peacemaker in Action“ mukofoti bilan taqdirlangan[9]. 2017-yilda „Aurora insoniyatni uygʻotish mukofoti“ uchun nomzodlar orasida finalchilardan biri boʻlgan[11]. 2021-yilda Jamila Afgʻoniy ikkinchi bor Aurora mukofotiga nomzod boʻlgan va oxir-oqibat 2022-yilgi Aurora mukofoti laureatiga aylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dubensky, Joyce S.. Peacemakers in action : profiles in religious peacebuilding. New York: Tanenbaum Center for Interreligious Understanding, 2007 — 250-bet. ISBN 978-1-107-15296-0.
- 1 2 3 „Jamila Afghani“. N-Peace Awards. N-Peace Network. 2013-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- 1 2 Oates, Lauryn (2005). "Catalyst For Change: Jamila Afghani". Herizons 18: 9. http://search.ebscohost.com/login.aspx?direct=true&db=a9h&AN=17277778&site=ehost-live. Qaraldi: 8 September 2015.Jamila Afgʻoniy]]
- 1 2 Mills, Margaret; Kitch, Sally (November 2005). Afghan Women Leaders Speak. Ohio State University. https://kb.osu.edu/dspace/bitstream/handle/1811/30223/Afghan%20Women%20Leaders%20Speak%20conference%20website%2011-17-05.pdf?sequence=5. Qaraldi: 8 September 2015.Jamila Afgʻoniy]]
- 1 2 „Jamila Afghani“. Tanenbaum's Peacemakers in Action. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
- 1 2 Kitch, Sally L.. Contested Terrain: Reflections with Afghan Women Leaders. University of Illinois Press, 2014 — 26-bet. ISBN 978-0252038709.
- 1 2 Weingarten, Elizabeth. „How to Promote Women's Rights, in Afghanistan and Around the World“. Foreign Policy (2015-yil 3-iyun). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- 1 2 Clark, Meredith „How One Amazing Afghan Woman Is Making Huge Strides for Equality“. Refinery 29 (2015-yil 11-iyun). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
- 1 2 Taplin-Chinoy, Shahnaz. „Muslim Women: Movers and Shakers Fight for Women's Rights“. Huffington Post (2014-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
- ↑ Khalid, Kiran. „Altering Perceptions of Women in Muslim Countries“. CNN (2013-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ Aurora Prize. 2017 finalists.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Noor Educational and Capacity Development Organization (NECDO)
- Tanenbaum Peacemaker in Action: Jamila Afgʻoniy din va tinchlik haqida (video)