Jamil Zaynullin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamil Zaynullin (1946,Tatariston,Rossiya—2011) — sharqshunos, arabshunos. Filologiya fanlari doktori,professor (1999).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972 – 1973-yillar Sudanda til malakasini oshiruvchi; 1974-yildan Qozon universiteti arab tili oʻqituvchisi; 1990-yildan dotsenti; 1994-yildan Qozon universiteti Sharqshunoslik institutida Sharq tillari kafedrasi mudiri; 2000-yildan — Sharqshunoslik institutining asoschisi va direktori (2011 gacha). Bir paytning oʻzida sharq tillari kafedrasining mudiri va Konfutsiy instituti direktori lavozimlarida ham faoliyat koʻrsatib keldi. 2011-yildan IVMO KFU arab filologiyasi kafedrasining mudiri va Rossiya tomonidan Konfutsiy institutining direktori.

Ilmiy yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tilshunoslik, uslubiyat va sharq tillarini oʻqitish metodikasi. Olti monografiya, sakkiz darslik va bir qancha ilmiy ishlar muallifi. Sharqshunoslikka bagʻishlangan koʻpgina Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Moskva, 2000; Qozon, 2000; Istanbul, 2001; Sankt-Peterburg, 2002; Uralsk, 2003; Tunis, 2004.) Sharqshunoslik, turkologiya, Sharq folklori boʻyicha Finlandiya (Orivesi, 1989), AQSH (Medison, 1993) un-t talabalariga maʼruzalar oʻqigan. Tataristonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2004).

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomzodlik dissertatsiya mavzusi: “Tatarskaya versiya Kalili i Diмni (Rukopisnie, literaturnie varianti i perevodi)”. – Kazan, 1989. Dokt. diss. mavzusi: “Tatarskaya bogoslovskaya literatura XVIII – nachalo XX vekov i yeyo stile-yazikovie osobennosti”. – Kazan, 1999.

1. Tatarskaya azbuka na osnove arabskoy grafiki. – Kazan, 1988. 2. Uchebnik arabskogo yazika. – Kazan, 1994. 3. Mir vashemu domu: Uchebnik starotatarskogo yazika. – Kazan, 1993. 4. Kalil i Dimna // Pamyatnik vostochnoy perevodnoy literaturi. – Kazan, 1993. 5. Slovar arabo-persidskix zaimstvovaniy. — Kazan: Magarif, 1994. —143 s. 6. Tatarskaya istoricheskaya pismennost na osnove arabskoy grafiki: Samouchitel / Nauch.red. M. A. Usmanov. — Kazan: Magarif, 1998. — 95 s. 7. Vo imya Allaxa. Tatarskaya bogoslovskaya literatura XVIII — nachala XX vekov i yeyo yazikovie osobennosti / Nauch. red. E. R. Tenishev. — Kazan: Magarif, 1999. — 238s. 8. Uchebno-metodicheskiye zadaniya dlya razvitiya navikov ustnoy rechi na arabskom yazike:(lingvostranovedeniye)]. Kazan. gos. un-t, In-t vostokovedeniya. — Kazan: KGU, 2002. — 166 s. 9. O prinsessa // Munadjitы, baiti i istoricheskiye napevi. – Kazan, 1994. 10. Vo imya Allaxa // Yazik tatarskoy bogoslovskoy literaturi XVIII - nachala XX vv. – Kazan, 1999. 11. Vnemli, sin moy // Skazaniya o svyashennom Korane. – Kazan, 2001. 12. Anas Bakiyevich Xalidov, 1927—2001. — Kazan: Izd-vo Kazan. un-ta, 2003. — 23 s. — (Vidayushiyesya uchenie Kazanskogo universiteta). 13. Lingvostranovedeniye. – Kazan, 2004. 14. Zәynullin, Jemil Gabdelxak uli. Farsi telen өyrәnәbez: tatar filologiyase һem tarixi fakulteti studentlari o'chen. — Kazan dәүlәt un-ti, Kөnch. өyrәnү in-ti. — Kazan: [In-t vostokovedeniya KGU], 2005. — 176 b. 15. Arabskiy yazik (yegipetskiy dialekt): [uchebnoye posobiye] / Djamil Zaynullin, Muxammad Abdalla; Kazan. gos. un-t, In-t vostokovedeniya. — Kazan: [Kazanskiy gosudarstvenniy universitet], 2007. — 107 s.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]