Kontent qismiga oʻtish

Jamie Gittens

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jamie Gittens
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamie Jermaine Bynoe-Gittens[1]
Tavallud sanasi 8-avgust 2004-yil (2004-08-08) (21 yosh)
Tavallud joyi Reading, Angliya[2]
Boʻyi 5 fut 9 inches (1.75 m)[2]
Ampluasi Qanot hujumchisi[3]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Caversham Trents
Reading
Chelsea
2013–2018 Reading
2018–2020 Manchester City
2020–2022 Borussia Dortmund
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022–2025 Borussia Dortmund 76 (12)
2025– Chelsea 1 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Angliya U-15 6 (0)
2019–2020 Angliya U-16 5 (1)
2022 Angliya U-18 2 (0)
2022 Angliya U-19 4 (0)
2023– Angliya U-21 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-avgust uchun)

Jamie Jermaine Bynoe-Gittens (2004-yil 8-avgustda tugʻilgan), Jamie Gittens nomi bilan ham tanilgan angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi qanot hujumchisi.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan Gittens besh yoshida mahalliy „Caversham Trents“ jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlagan va yetti yoshigacha shu yerda toʻp surgan[4]. Shundan soʻng u Reading akademiyasiga qoʻshilgan va bir muddat „Chelsea“ safida ham oʻynagan. 9 yoshgacha boʻlganlar darajasida Gittens Reading bilan qolishni tanladi va 14 yoshiga qadar shu klubda faoliyat yuritdi. Keyinchalik u „Manchester City“ bilan shartnoma imzoladi[5][6].

Borussia Dortmund

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki yilni „Manchester City“ akademiyasida oʻtkazgan Gittens 2020-yilda Germaniyaga koʻchib oʻtib, „Borussia Dortmund“ klubi bilan shartnoma imzoladi[7]. Uning Dortmunddagi faoliyati nafaqat COVID-19 pandemiyasi, shuningdek paylaridagi jarohatlari sabab ham biroz qiyinlashdi[8]. Biroq 2021–2022-yilgi mavsum Gittens uchun ancha muvaffaqiyatli kechdi: u UEFA Youth League doirasida toʻrt oʻyinda oltita gol urib, shu jumladan „Manchester United“ga darvozasini ham ikki marotaba ishgʻol qildi va natijada Marco Rose bosh murabbiyligidagi asosiy jamoa tarkibiga chaqirildi[9][10][11].

Gittens oʻzining Bundesliga doirasidagi debyutini 2022-yil 16-aprelda, „VfL Wolfsburg“ ustidan 6:1 hisobida qozonilgan gʻalabada amalga oshirdi[12]. 2022-yil 12-avgustda esa Bundesliga doirasidagi ilk golini kiritdi va safarda kechgan „SC Freiburg“ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi[13]. 16-avgust kuni Gittens jamoa bilan 2025-yil iyungacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi[14]. 2023-yil 15-fevralda u UEFA Chempionlar Ligasi doirasida debyutini oʻtkazdi, nimchorak finalning birinchi oʻyinida „Chelsea“ga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi va jamoasi yakunda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[15].

2023-yil 28-noyabrda Gittens „Milan“ ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan bahsda oʻzining Chempionlar Ligasidagi ilk gol hamda golli uzatmasini amalga oshirdi va bu orqali „Borussia Dortmund“ni pley-off bosqichiga olib chiqdi[16]. Dortmund keyinchalik 2024-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib bordi va Gittens „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan hal qiluvchi uchrashuvda 87-daqiqada vatandoshi Jadon Sanchoning oʻrniga maydonga tushirildi[17]. Dastlabki ikki mavsumda jarohatlar bilan qiynalganiga qaramay, 2023–2024-yilgi mavsum Gittens uchun Dortmunddagi birinchi jarohatsiz mavsum boʻldi. Futbolchi Bundesliga doirasida 25 ta oʻyinda maydonga tushdi[18].

2024-yil avgust oyida „Borussia Dortmund“ Gittens bundan buyon „Bynoe-Gittens“ emas, balki „Gittens“ familiyasi ostida oʻynashini eʼlon qildi. Futbolchining oʻzi bu qarorni otasining tavsiyasi bilan qabul qilganini, chunki familiyaning qisqaroq shakli qulayroq ekanini taʼkidladi. Aslida esa ismning ikkala qismi ham otasidan olingan edi[18].

2024–2025-yilgi Bundesliga mavsumining ilk turida, yangi bosh murabbiy Nuri Şahinning birinchi ligadagi oʻyinida, Gittens zaxiradan maydonga tushib, ikki gol urdi va jamoasiga „Eintracht Frankfurt“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi[19]. Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida ham u zaxiradan oʻyinga qoʻshilib, yana ikki bor gol muallifiga aylandi va safarda „Brugge“ga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlagna uchrashuvda „Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[20][21].

Gittens 2025-yil 5-iyulda Premyer-liganing „Chelsea“ bilan yetti yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 48,5 million funt sterlingni tashkil etdi, qoʻshimcha bonuslar 3,5 million funt etib belgilangandi[22]. Biroq u 2025-yilgi FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida yangi jamoa safida ishtirok eta olmadi. Bunga 3-iyuldagi roʻyxatga olish muddati oʻtib jamoa safiga qoʻshilgani hamda avvalgi klubi „Borussia Dortmund“ safida allaqachon mazkur turnirda maydonga tushgani sabab boʻldi[23].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gittens Barbadoslik kriketchi Michael Bynoe-Gittensning oʻgʻli hisoblanadi. U Britaniya va Barbados fuqaroligiga ega[24].

2025-yil 17-avgust holatiga koʻra[25]
Klub Mavsum Liga Mahalliy kuboklar[a] Liga kubogi[b] Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Borussia Dortmund 2021–2022 Bundesliga 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
2022–2023 Bundesliga 15 3 3 0 2[izoh 1] 0 20 3
2023–2024 Bundesliga 25 1 2 0 7[izoh 1] 1 34 2
2024–2025 Bundesliga 32 8 2 0 14[izoh 1] 4 1[c] 0 49 12
Umumiy 76 12 7 0 23 5 1 0 107 17
Chelsea 2025–2026 Premyer-liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Karyerasidagi umumiy 77 12 7 0 0 0 23 5 1 0 108 17

Borussia Dortmund

Angliya U-19

  1. „Squad List: FIFA Club World Cup 2025: Borussia Dortmund (GER)“. FIFA (2025-yil 15-iyun). Qaraldi: 2025-yil 15-iyun.
  2. 2,0 2,1 Jamie Gittens WorldFootball.net saytida
  3. „Jamie Gittens: Who is Borussia Dortmund's English wing threat?“. Bundesliga (2025-yil 4-iyun). Qaraldi: 2025-yil 29-iyun.
  4. „Academy Life: Jamie Bynoe-Gittens“. secretscout.co.uk (2020-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.[sayt ishlamaydi]
  5. Smith, Jonathan „Jamie Bynoe-Gittens: Will ex-Man City wonderkid become 'the new Sancho' at Dortmund?“. goal.com (2022-yil 15-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  6. Simon, Noah „Einer vom Typ Sancho: Startet Bynoe-Gittens jetzt beim BVB durch?“ [One of the Sancho type: is Bynoe-Gittens now starting at BVB?] (German). sport.sky.de (2021-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  7. Kraft, Kevin „Nächstes England-Talent vor BVB-Unterschrift“ [Next England talent before BVB signature] (German). sportbild.bild.de (2020-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  8. Bytomski, Martin „Alle Augen auf Bynoe-Gittens - erster großer Auftritt für BVB-Youngster“ [All eyes on Bynoe-Gittens - first big appearance for BVB youngsters] (German). 90min.de (2022-yil 16-mart). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  9. Luckhurst, Samuel „Hannibal Mejbri makes his mark but Jamie Bynoe-Gittens makes the difference vs Manchester United in Youth League“. manchestereveningnews.co.uk (2022-yil 1-mart). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  10. Mallmann, Christopher „Auf Sanchos Spuren“ [In Sancho's footsteps] (German). sport1.de (2022-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  11. Luik, Nicolas „BVB: Jamie Bynoe-Gittens gegen VfL Wolfsburg offenbar im Kader“ [BVB: Jamie Bynoe-Gittens reportedly in the squad against VfL Wolfsburg] (German). ruhr24.de (2022-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  12. „Jamie Bynoe-Gittens thrilled to make first Borussia Dortmund start“. Bundesliga. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  13. „Teenage supersubs Youssoufa Moukoko and Jamie Bynoe-Gittens to the rescue as Borussia Dortmund beat Freiburg“. Bundesliga (2022-yil 12-avgust).
  14. „Jamie Bynoe-Gittens extends to 2025“. Borussia Dortmund (2022-yil 16-avgust).
  15. „Dortmund 1–0 Chelsea“. The Guardian (2023-yil 15-fevral).
  16. „BVB reach round of 16 with 3-1 win in Milan!“. Borussia Dortmund (2023-yil 28-noyabr).
  17. „Reading teen experiences Wembley heartache in Champions League final“ (en). Reading Chronicle (2024-yil 3-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.
  18. 18,0 18,1 „"It's another step forward" – An interview with Jamie Gittens“. www.bvb.de. Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.
  19. „Borussia Dortmund 2–0 Eintracht Frankfurt: Jamie Gittens double secures win for hosts“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.
  20. „Jamie Gittens, Borussia Dortmund's ace up their sleeve?“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.
  21. „Who is Dortmund's new English star Gittens?“. BBC Sport (2024-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.
  22. Millington, Adam. „Chelsea complete £48m signing of Dortmund's Gittens“. BBC Sport (2025-yil 5-iyul). Qaraldi: 2025-yil 5-iyul.
  23. Wakefield, Mark „Why Jamie Gittens didn't play for Chelsea vs Fluminense as Club World Cup rules explained“. Football London (2025-yil 8-iyul).
  24. Hendrix, Hale „Barbadian Heritage Shines: The Roots of Jamie Bynoe-Gittens' Rise“ (en-US). Football Biography (2024-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-iyul.
  25. Jamie Gittens Soccerway saytida