Kontent qismiga oʻtish

Jamia Masjid Thal

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Jamia Masjid Thal
Manzil Yuqori Dir tumani, Xaybar Paxtunxva, Pokiston bayrogʻi Pokiston
Yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
1865-yilda qurilgan
Qurilish materiali yogʻoch

Jamia Masjid Thal – Pokistonning Kumrat vodiysida joylashgan masjid[1].

Bu masjidning oʻziga xosligi shundaki, u butunlay yogʻochdan yasalgan. Undagi ustunlar va toʻsinlar juda katta, ularni maxsus yogʻoch ustalari yordamisiz oʻrnatish deyarli imkonsiz[2].

Bu masjid 1865-yilda qurilgan. 1930-yilda masjidda yongʻin sodir boʻlgan va qisman zarar koʻrgan. Keyin mahalliy aholi uni yogʻoch bilan taʼmirlab, qayta qurishgan. 1998-yilda masjidning ikkinchi qavatida taʼmirlash ishlari boshlanib, taxminan 9 yil ichida qurilish nihoyasiga yetgan[3].

  1. „Jamia Masjid Thal“ (en-US). Pakistan Tourism Portal. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  2. „Kumrat mosque made of wood fascinates tourists“ (en). DAWN.COM (2020-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  3. „Centuries-old mosque in Thall draws crowds of tourists“ (en). www.thenews.com.pk. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.