James Hadley Chase

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
James Hadley Chase
Jeyms Hedli Cheyz
Taxallus:Jeyms L. Dogerti, Reymond Marshall, Embroz Grant
Tavallud sanasi: 24-dekabr 1906-yil(1906-12-24)
Vafot sanasi:6-fevral 1985-yil(1985-02-06)
(78 yoshda)
Kasb: Yozuvchi
Faoliyat:1939 - 1983
Janr:Detektiv
Magnum opus:"Gongkongdan kelgan tobut"

Jeyms Hedli Cheyz (ingl. James Hadley Chase; 24-dekabr 1906, London6-fevral 1985) — britaniyalik yozuvchi, 93 ta detektiv romanlar muallifi. Haqiqiy ismi Rene Brabazon Reymond (ing. Rene Brabazon Raymond). Shuningdek "Raymond Marshall", "James L. Dogherty", "Ambrose Grant" taxalluslari ostida ham ijod qilgan.

Hayot yo'li[tahrir]

Bo'lajak mashhur adib nafaqadagi ofitser oilasida dunyoga keldi, Rochesterdagi qirollik maktabida va keyinchalik Kallkuttada ta'lim oldi. U 18 yoshligida o'z uyini o'qish tufayli tashlab ketdi. U bir nechta kasblarni egalladi, ko'p marta ish joylarini o'zgartirdi va nihoyat ko'p tomli "Bolalar ensiklopediyasi" kitobi uchun agent bo'lib ishga kirdi. Yaqin bir necha yil ichida Cheyz nufuzli kitob savdosi firmasi "Simpkin va Marshall"da ishladi.