Jalula jangi
| Jalula jangi | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musulmonlarning Sosoniylar imperiyasiga bosqini | |||||||||
| |||||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||||
| Sosoniylar imperiyasi | Roshidun xalifaligi | ||||||||
| Kuchlar | |||||||||
| 20,000 | 12,000 | ||||||||
Jalula jangi Sosoniylar imperiyasi va Roshidun xalifaligi qoʻshinlari oʻrtasida Ktesifon qamalidan soʻng koʻp oʻtmay boʻlib oʻtgan.
Ktesifon qoʻlga kiritilgandan soʻng, bir nechta boʻlinmalar gʻarb tomonga, Vizantiya imperiyasi chegarasidagi Qarqisiya va Hit qal’alarini egallash uchun yuborildi. Shu bilan birga, Ktesifonning shimoli-sharqida joylashgan Jalula, shuningdek, Dajla daryosining shimoliy qismidagi Tikrit va Mosulda Sosoniylarning kuchli qoʻshinlari faol edi. Eng katta tahdid Jalulada toʻplanib turgan forslarning katta qoʻshini edi. Ktesifondan chekingach, fors qoʻshinlari Ktesifonning shimoli-sharqidagi Jalula shahrida toʻplandi, bu joy strategik ahamiyatga ega boʻlib, u yerdan Iroq, Xuroson va Ozarbayjonga olib boruvchi yoʻl bor edi. Jaluladagi fors qoʻshinlariga sarkarda Mihron boshchilik qilgan. Uning oʻrinbosari sarkarda Farruxzod Qodisiya jangida fors qoʻshinlariga boshchilik qilgan mashhur sarkarda Rostam Farroxzodning ukasi edi. Xalifa Umarning koʻrsatmasi boʻyicha Saʼd ibn Abu Vaqqos boʻlayotgan barcha voqealar haqida xalifaga hisobot berdi. Umar birinchi navbatda Jalula masalasini hal qilishga qaror qildi. Uning rejasi shimoldagi yoʻllarni ochib, undan keyingina Tikrit va Mosulga qarshi qatʼiy harakat qilish edi. Umar Jalula yurishiga bosh qoʻmondon etib Hoshim ibn Utbani tayinladi. 637-yilning aprelida Hoshim Ktesifondan 12,000 qoʻshin bilan harakatga oʻtdi va Jalula jangida forslarni magʻlub etganidan soʻng, yetti oy davomida shaharni qamal qildi. Shundan soʻng, nihoyat, jizya soligʻi toʻlash evaziga shahar taslim etildi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Parvaneh Poushariati, Decline and fall of the Sasanian Empire, I. B. Taurus, Londres et New York, 2011 ISBN 9781845116453, s. 469.
- ↑ The Muslim Conquest of Persia By A. I. Akram.