Jaismine Lamboria
| Jaismine Lamboria | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Tavallud paytidagi ismi | panjobcha: ਜੈਸਮੀਨ ਲੰਬੋਰੀਆ |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
30-avgust 2001-yil Xaryana, Hindiston |
| Faoliyat yillari | 2021 – hozirgacha[1] |
| Sport | |
| Qaysi sport | Boks |
Jaismine Lamboria (panjobcha: ਜੈਸਮੀਨ ਲੰਬੋਰੀਆ; 2001-yil 30-avgustda tugʻilgan, Bhiwani, Xaryana, Hindiston) – hindistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Hindiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida oltin medal sohibi. 2024-yil Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jaismine Lamboria 14 yoshida boks bilan shugʻullana boshlagan[2].
2021-yil BAAning Dubay shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan[3].
2024-yil Jaismine Lamborianing Yozgi Olimpiada oʻyinlarida birinchi jangi boʻlib oʻtgan. Ushbu jang filippinlik Nesthy Petecioga qarshi edi[4]. Afsuski, 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi va shu bilan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishdan mahrum boʻlgan[5].
2025-yil sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionati finalida polshalik bokschi Julia Szeremeta ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[6][7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jaismine“. boxrec.com. Qaraldi: 2025-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Exclusive. Covid, setbacks, self-doubt: Jaismine Lamborias story from "Mini cuba" to World Championships gold“. timesofindia. Qaraldi: 19-sentabr 2025-yil.
- ↑ „ASBC ASIAN ELITE MEN AND WOMEN BOXING CHAMPIONSHIPS“. amateur-boxing. Qaraldi: 19-sentabr 2025-yil.
- ↑ „List of qualified Indian players for Paris Olympics 2024“. The Economic Times (2024-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
- ↑ „Jaismine Lamboria“. olympics.com. Qaraldi: 19-sentabr 2025-yil.
- ↑ „Jaismine Lamboria crowned world champion; becomes ninth Indian boxer to achieve feat“. thehindu.com. Qaraldi: 19-sentabr 2025-yil.
- ↑ „Jaismine Lamboria Wins Gold in 57kg Category at World Boxing Championships in Liverpool“. newsonair.gov. Qaraldi: 19-sentabr 2025-yil.