Jahongir Zeynalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jahongir Zeinalov

Zeinalov Jahongir Rizo oʻgʻli (1865 — Boku — 1918. 4. 11) — ozarbayjon aktyori. Milliy teatr asoschilaridan. Ijodini 1885 y. dan boshlagan. Hajviy va harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi inson his-tuygʻularini ifoda etishda chuqur psixologik tahlili, badiiy jihatdan sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Vazir ("Lenkoran xonligining vaziri"), Hoji Samad ("Baxtsiz yigit"), Hoji Qambar ("Yomgʻirdan qochib, jalaga tutildi"), Shamdanbek ("Shamdanbek"), Keksa Moor ("Qaroqchilar") va b. 3. H. Arablinskiy, Ruxullo Sidqiy kabi dramatik sanʼat asoschilarining ustozi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil