Jahm ibn safvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jahm ibn safvon, Abu Muhriz (?-745, Marv) — mashxur ilohiyotchi, jabariylar vakili va voiz. Umaviylarning Xurosondagi noibi Nasr ibn Sayyorga qarshi qaratilgan qoʻzgʻolonda qatnashib asirlikka tushgan va qatl etilgan; J.i.S. musulmonlar anʼanalarida Qurʼonning yaratilganligi gʻoyasini birinchi boʻlib aytgan Joid ibn Dirhamning shogirdi. U qazo va qadarga ishonish tarafdori boʻlib, antropomorfizm (xudoni insonga oʻxshash qiyofada deb bilish)ning dushmani edi. J. i. S. taʼkidlashicha, insonning ixtiyori oʻzida emas, uning xohishi va orzulari amalga oshmaydi, u mustaqil harakat qilishdan mahrumdir. Imon — Alloh xaqidagi bilimdir, imonsizlik — Alloh haqida hech narsa bilmaslikdir. Agar inson Allohni tanigan-u, soʻngra soʻzda undan yuz ugirgan boʻlsa ham, u imonli boʻlib qolaveradi. Imon (Alloh haqidagi bilim) paygʻambardan oddiy musulmongacha — hammada bir xildir. Muʼtaziliylar kabi J. i. S. ham xudoni koʻz bilan koʻrish imkoniyatini rad qildi. U Alloh imkoniyatlarining ham chegarasi borligi haqida muloxaza yuritdi. Vafotidan keyin uning nomi bilan ataluvchi jahmiya ilohiyot maktabi shakllandi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil