Jahanara Alam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahanara Alam
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (ayol)
Fuqaroligi Bangladesh
Tavallud sanasi 1-aprel 1993-yil (1993-04-01) (31 yosh)
Khulna, Bangladesh
Sport
Qaysi sport (Kriket)
Klubi (Northern Zone)
Faol tomoni (oʻnaqay)
Medallar
WODI

 

Jahanara Alam — (bengalcha: জাহানারা আলম 1993-yil 1-aprelda tugʻilgan) Bangladesh kriketchisi, Bangladesh ayollar milliy kriket jamoasida oʻynaydi[1]. U oʻng qoʻl bilan oʻrta tezlikda boullingchi va oʻng qoʻl bilan zarba beradi. Jahanara 2010-yilda Xitoyning Guanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Xitoyga qarshi kriket boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan jamoa aʼzosi hisoblanadi[2].

Alam Khulna shahrida tugʻilib oʻsgan, u yerda Pioner qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. 2007-yilga kelib, oltinchi boʻlg oʻz maktabida qoʻl toʻpi va voleybol oʻynashni boshlagan. Alam maktabdan biroz uzoqroq masofada yashagan va u erga riksha bilan qatnagan, bu safar taxminan 40-50 daqiqa olar edi[3].

Oʻshanda Alamning sportga boʻlgan qiziqishi maktab qarshisida yashovchi Khulna divizioni erkaklar kriket jamoasi oʻyinchisi va murabbiyi Shayx Salohiddinning eʼtiborini tortgan. Shalvar kamiz kiygan boshqa maktab oʻquvchilaridan farqli oʻlaroq, Alam maktabga sport kiyimida riksha bilan qatnar edi. Salauddin uni riksha bilan darsalarga qatnashishini payqab qolgan va undan kriket oʻynashni xohlaysizmi, deb soʻragan. U darhol rozi boʻlgan[3][4].

Alamning ota-onasi doimo qoʻllab-quvvatlab turgan[3][4]. 2020-yilda u CricTracker nashriga bergan intervyusida: „Otam menga faqat kechki Azondan oldin uyga qaytishimni va oilani sharmanda qiladigan hech narsa qilmaslikni tayinlagan“[3]. Buvisi undan ham koʻproq qoʻllab-quvvatlab, uni oʻyinlarga olib borargan[4].

Kriket boʻyicha dastlabki sinovlarida Alam muvaffaqiyatsizlikka uchragan[3], Biroq, uning murabbiyi uning tabiiy qobiliyatiga ega ekanligini payqagan[5] va u doimo oʻz foʻrmasida boʻishiga harakat qilgan[3]. Bir oy tinimsiz mashq qilgandan soʻng, u professional kriketchiga aylangan[3][5]. Oradan koʻp oʻtmay, u yetti jamoa ishtirokidagi turnirda 13 ta gol bilan yetakchi darvozabon boʻlgan va milliy jamoaga chaqirilgan[3]. Uning kriketdagi tezkor muvaffaqiyati afsuski unga va uning oilasiga baʼzi muammolarni keltirib chiqargan.

Alam bowling for Bangladesh during the 2020 ICC Womenʼs T20 World Cup
2020-yilgi ICC Ayollar oʻrtasidagi T20 Jahon kubogi vaqtida Bangladesh uchun Alam boulingi

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alam birinchi marta 2008-yilning mart oyida Bangladeshga Gonkong safari chogʻida milliy terma jamoa uchun maydonga tushgan[3][6]. „Men Bangladeshga saylanganimda, otamdan oʻynashim kerakmi yoki imtihonlarimni topshirishim kerakmi?“ dedi Alam[4]. Otasining javobi quyidagicha edi „… mamlakatingiz uchun oʻynash uchun faqat bitta imkoniyatingiz boʻlishi mumkin, ammo imtihondan oʻtish uchun 3 ta imkoniyatingiz boʻladi“[4].

Shuning uchun Alam norasmiy 50 dan ortiq formatdagi seriyadagi toʻrtta oʻyinda ham oʻynagan[6]. Oxirgi oʻyinda, Mirpur stadionida u oʻzi urgan atigi uchta toʻp bilan xet-trikka erishgan[7][8][3][4][9] va bu juda shov-shuvga sabab boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BD women's SA camp from Sunday“. The Daily Star (2013-yil 23-avgust). 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-mart.
  2. Deepto, Ahmed. „Pushing boundaries“. Youth. New Age (2015-yil 6-sentyabr). 2018-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 Sabyasachi. „CricTracker Exclusive- Mashrafe Mortaza is a living legend, my one and only idol: Jahanara Alam“ (en). CricTracker (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Bishop. „Jahanara Alam - inspiring generations with thanks to beloved grandmother and Irish ice“ (en). Guerilla Cricket (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  5. 5,0 5,1 Marshall. „Jahanara Alam | Bangladesh womenʼs cricket player profile“ (en). The Cricketer (2020-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-may. [sayt ishlamaydi]
  6. 6,0 6,1 „Hong Kong Women in Bangladesh unofficial ODI Series, 2007/08 Cricket Team Records & Stats“. ESPNcricinfo. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  7. „Full Scorecard of Bdesh Wmn vs HKG Women 4th Match 2007/08 - Score Report | ESPNcricinfo.com“. ESPNcricinfo. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  8. Sports Reporter. „EBL Women's cricket series: Women's clean sweep“ (en). The Daily Star (2008-yil 30-mart). Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  9. „Full Scorecard of Bdesh Wmn vs HKG Women 4th Match 2007/08 - Score Report | ESPNcricinfo.com“. ESPNcricinfo. Qaraldi: 2022-yil 16-may.