Jackson Yueill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jackson Yueill
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jackson William Yueill[1]
Tavallud sanasi 19-mart 1997-yil (1997-03-19) (27 yosh)
Tavallud joyi Blumington, Minnesota, AQSh
Boʻyi 5 feet 10 inches (1.78 m)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
San Jose Earthquakes
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Minnesota Thunder
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017— San Jose Earthquakes 147 (11)
2017—2018Reno 1868 (ijara) 7 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 AQSh U18 2 (0)
2016 AQSh U20 3 (0)
2019—2021 AQSh U23 6 (2)
2019— AQSh 16 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-oktabr 2022-yil uchun)

Jackson William Yueill (talaffuzi: Jekson Uilyam Yuill; 1997-yil 19-mart kuni AQShning Minnesota shtati Bloomington shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, „San Jose Earthquakes“ futbol klubi va AQSh terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi hisoblanadi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jackson William Yueill AQShning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan. Jumladan, 2014-yil yanvar va aprel oylaridagi yigʻinlarga chaqirilgan[2][3]. 2014-yil avgust oyida Chexiyadagi turnirda ishtirok etgan[4]. Hamda, 2014-yilning dekabr oyida u germaniyalik tengdoshlari bilan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan[5]. Shuningdek, 2015-yilning yanvar-fevral oylarida Meksikadagi turnirda ishtirok etgan[6]. Shu yilning aprel oyida futbolchi Bosniya va Gersegovinadagi yigʻinga ham chaqirilgan[7]. Shu bilan bir qatorda, 2015-yil iyul oyida u Kaliforniyadagi turnirda ishtirok etgan[8].

Jackson William Yueill AQSH U20 terma jamoasiga ham chaqirilgan. Xususan, 2016-yilning yanvar oyida u Mayamidagi yigʻinga chaqirilgan[9]. 2016-yil mart oyida Dallas kubogida hamda iyun-iyul oylarida Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan turnirda terma jamoa safida ishtirok etgan[10][11].

2019-yil 19-mart kuni Jackson William Yueill Misr va Gollandiya terma jamoalari bilan boʻlib oʻtadigan oʻyinlarga jalb qilingan[12][13][14]. 22-mart kuni misrliklar bilan oʻyinda AQShning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida maydonga tushgan[15]. 2019-yil 24-martda boʻlib oʻtgan gollandlar bilan oʻyinda u oʻyin yakunida zaxiradan maydonga tushgan[16]. 2019-yil iyun oyida u Yutadagi yigʻinga milliy terma jamoadan chaqiruv olgan[17].

Jackson William Yueill 2019-yil 1-iyun kuni 2019-yilgi CONCACAF oltin kubogi oldidan bir haftalik yigʻin uchun AQShning kattalar jamoasiga birinchi chaqiruv oldi va Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etdi[18][19][20]. 2019-yil 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan Yamayka bilan oʻyinda u „Stars and Stripes“ tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushib, debyut qilgan[21][22].

AQShning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi aʼzosi sifatida Jackson William Yueill 2020-yilning mart oyida CONCACAF erkaklar olimpiya saralash bosqichida ishtirok etdi[23]. U turnirda amerikaliklarning sardori boʻlgan[24]. U toʻrtta oʻyinda ikkita gol urgan va turnir natijalariga koʻra ramziy terma jamoaga kiritilgan[25].

Shuningdek, Jackson William Yueill 2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun yana AQSh terma jamoasiga kiritilgan[26][27][28][29][30].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
San Jose Earthquakes 2017 13 0 4 1 1 0 18 1
2018 21 0 1 0 22 0
2019 32 3 1 0 33 3
2020 21 1 1 0 2 0 24 1
2021 29 3 29 3
2022 31 4 2 0 33 4
Jami 147 11 8 1 2 0 2 0 159 12
Reno 1868 (ijara) 2017 6 0 6 0
2018 1 0 1 0
Jami 7 0 7 0
Umumiy faoliyatida 154 11 8 1 2 0 2 0 166 12

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
San Jose Earthquakes AQSH bayrogʻi AQSh 2017—
Reno 1868 FC (ijara) AQSH bayrogʻi AQSh 2017—2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „National team roster, 2021 CONCACAF Gold Cup: USA“. CONCACAF 1–2 (18-iyun 2021-yil). Qaraldi: 18-iyun 2021-yil.
  2. „Sporting KC's Erik Palmer-Brown, 3 Real Salt Lake AZ academy players highlight US U-18 roster“ (inglizcha). MLSsoccer.com (3-yanvar 2014-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  3. „Jurgen Klinsmann's son, 14 MLS academy products highlight US Under-18 roster for April camp“ (inglizcha). MLSsoccer.com (2-aprel 2014-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  4. „13 MLS Academy players highlight US Under-18 roster for tournament in Czech Republic“ (inglizcha). MLSsoccer.com (14-avgust 2014-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  5. „Five MLS Homegrown signings among US Under-18 roster to face Germany twice“ (inglizcha). MLSsoccer.com (10-dekabr 2014-yil). 12-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  6. „Two MLSers, seven academy players named to US U-18 national team for Copa Chivas Tournament“ (inglizcha). MLSsoccer.com (27-yanvar 2015-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  7. „Six MLSers on 20-player roster for USMNT Under-18 training camp in Bosnia and Herzegovina“ (inglizcha). MLSsoccer.com (20-aprel 2015-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  8. „Four MLS players, nine from MLS academies highlight USMNT Under-18 roster for NTC Invitational“ (inglizcha). MLSsoccer.com (8-iyul 2015-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  9. Simon Borg. „Six MLS players called up to US Under-20 national team camp in Miami“ (inglizcha). MLSsoccer.com (3-yanvar 2016-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  10. Alicia Rodriguez. „Several MLS players called up to US U-20 roster for Dallas Cup“ (inglizcha). MLSsoccer.com (14-mart 2016-yil). 11-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  11. Benjamin Baer. „Four MLS players called into Under-20 squad for NTC Invitational“ (inglizcha). MLSsoccer.com (28-iyun 2016-yil). 12-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  12. „U-23 MNT Returns to Action with Two Matches in Spain“ (inglizcha). U.S. Soccer Official Website (19-mart 2019-yil). 2-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  13. „Jason Kreis named new coach as US U-23 national team roster released“ (inglizcha). MLSsoccer.com (19-mart 2019-yil). 6-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  14. „NEWS: JT Marcinkowski, Jackson Yueill Called to U.S. U-23 National Team“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (14-mart 2019-yil). 12-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  15. Benjamin Baer. „US Under-23s fall 2-0 in friendly to Egypt in first game under Jason Kreis“ (inglizcha). MLSsoccer.com (22-mart 2019-yil). 13-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  16. Tom Bogert. „Bright future: USMNT U-20, U-23 teams impress in friendlies“ (inglizcha). MLSsoccer.com (26-mart 2019-yil). 15-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  17. Charles Boehm. „Kreis includes 15 MLS players in roster for US U-23 national team Utah camp“ (inglizcha). MLSsoccer.com (9-iyun 2019-yil). 24-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  18. „Berhalter Calls 28 Players for USA vs Jamaica“ (inglizcha). U.S. Soccer Official Website (1-iyun 2019-yil). 8-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  19. Nick Rosano. „US men's national team names 28-man roster ahead of pre-Gold Cup friendly“ (inglizcha). MLSsoccer.com (1-iyun 2019-yil). 13-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  20. „NEWS: Lima and Yueill called up to USMNT camp ahead of Gold Cup“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (1-iyun 2019-yil). 9-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  21. „USMNT Falls 1-0 To Jamaica In Washington, D.C.“ (inglizcha). U.S. Soccer Official Website (6-iyun 2019-yil). 26-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  22. „Midfielder Jackson Yueill makes US debut against Jamaica“ (inglizcha). Associated Press News (6-iyun 2019-yil). 12-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  23. „U.S. Under-23 Men's National Team Head Coach Jason Kreis Names Roster for Concacaf Men’s Olympic Qualifying Championship“ (inglizcha). U.S. Soccer Official Website (11-mart 2021-yil). 19-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  24. „Jackson Yueill Voted USA Captain for Concacaf Men’s Olympic Qualifying Championship“ (inglizcha). U.S. Soccer Official Website (17-mart 2021-yil). 2-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  25. „NEWS: Jackson Yueill named to Concacaf Men's Olympic Qualifying Best XI“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (31-mart 2021-yil). 2021-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  26. „Berhalter Names 23-Player Roster for 2021 Concacaf Gold Cup“ (inglizcha). U.S. Soccer Official Website (1-iyul 2021-yil). 2-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  27. „NEWS: Earthquakes Midfielder Jackson Yueill Named to U.S. National Team Roster for 2021 Concacaf Gold Cup“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (1-iyul 2021-yil). 2-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  28. Brian Straus. „USMNT Gold Cup Squad Constructed to Build Out Depth, Win Another Trophy“ (inglizcha). Sports Illustrated (1-iyul 2021-yil). 1-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  29. „USMNT names Concacaf Gold Cup roster, featuring 19 MLS players“ (inglizcha). MLSsoccer.com (1-iyul 2021-yil). 1-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  30. Ronald Blum. „Altidore, Hamid, Green cut from US CONCACAF Gold Cup roster“ (inglizcha). Associated Press News (2-iyul 2021-yil). 1-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.