Jack Chittak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jack Chumchuqdan yoʻnaltirildi)

Kapitan Jack Chittak[1] (asl ismi: Jack Sparrow; asl tarjimasi: Jack Chumchuq) Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasidagi xayoliy personajdir. Ted Elliott va Terry Rossio tomonidan yaratilgan[2]. Filmlarda ushbu personajni Johnny Depp jonlantirgan.

Jack Chittak birinchi marta Pirates of the Caribbean: The Curse of the Black Pearl (2003) filmida koʻrsatildi. Keyinchalik, Dead Manʼs Chest (2006), At World’s End (2007), On Stranger Tides (2011) va Dead Men Tell No Tales (2017) filmlarida paydo boʻldi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jack Chittak — qaroqchi, Qora marvarid kapitani, Karib dengizi qaroqchi-baroni. U oʻz maqsadlariga erishish uchun aql-zakovat, yolgʻon va oʻziga xos kompasdan foydalanadi, nizolarni kuch bilan emas, balki aql bilan hal qilishni afzal koʻradi, lekin jang qilishdan boshqa chora qolmaganida, jang qiladi. U shlyapasi bilan faxrlanadi. Romni juda yaxshi koʻradi. Hatto, Elizabeth Swann'ni Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati filmida barcha rom bochkalarini yoqib yuborgani uchun otib tashlashga tayyor boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekcha dublyajda „Chittak“ deyilgan.
  2. Ted Elliott, Terry Rossio, Stuart Beattie, Jay Wolpert. Pirates of the Caribbean: The Curse of the Black Pearl: Audio Commentary. Buena Vista. (2003).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]