Jacinda Barrett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jacinda Barrett
Tavalludi 1972-yil 2-avgust
Brisbane, Queensland, Avstraliya
Fuqaroligi AQSh-Avstraliya-Buyuk Britaniya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1992-yildan hozirgi vaqtgacha
Turmush oʻrtogʻi Gabriel Macht
Bolalari 2

Jacinda Barrett(1972-yil 2-avgustda tug'ilgan) - avstraliyalik-amerikalik va ingliz aktrisasi hamda sobiq model. U birinchi marta “The Human Stain"(Inson dogʻi)(2003), “Bridget Jones: The Edge of Reason"(Brijit Jons: aqlning chekkasi)(2004), “Parvon 49”(2004), “The Real World: London"(Haqiqiy dunyo: London)(1995) kabi filmlarda rol oʻynagan. Tomoshabinlarning mehriga “The Real World: London"(Haqiqiy dunyo: London) filmidagi roli tufayli sazavor bo'lgan. "The Namesake"(2006), "Poseidon"(2006) va "The Last Kiss"(So'nggi o'pish)(2006) filmlaridagi rollari bilan ham mashhur bo'lgan. U 2013-yilda “Quyidagilar ” serialida paydo boʻlgan va 2015-yilda boshlangan "Netflix" kinokompaniyasining “Bloodline” serialidagi bosh rollardan birini o'ynagan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrett Avstraliyaning Kvinslend shtati Brisben shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi aeroport oʻt oʻchiruvchisi bo'lgan. Barret Brisbendagi Kenmor shtat o'rta maktabida o'qigan. Keyinchalik, 1997-yilda u Oksforddagi (Angliya) Britaniya-Amerika drama akademiyasidagi yozgi ta'lim dasturlarida qatnashdi.[1]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'rta maktab o'quvchisi sifatida u 1988-yilda Avstraliyada har yili o'tkaziladigan "Dolly Covergirl" tanlovida g'olib chiqdi va 17 yoshida butun Yevropaga modelligi bilan tanildi.

1995-yilda u "MTV" telekanalining "The Real World: London"(Haqiqiy dunyo: London) serialda aktyor sifatida birinchi marta rol o'ynadi. Uning filmdagi debyuti “Campfire Tales"(Kempof haqidagi ertaklar”)(1997) filmida boʻlgan.

Barrett 1998-yil sentabr oyida Maximning teleserialida rol ijro etgan.

Barret va uning eri kamida ikki marta birga rol o'ynashgan. Ular "Middle Men(O'rta erkaklar")(2009) filmida rol ijro etgan[2] va "Suits" teleserialining ikkinchi mavsumida rol o'ynagan.[3][4]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barret 2004-yilda amerikalik aktyor Gabriel Machga turmushga chiqishidan oldin teleboshlovchi va komediyachi Chris Hardwik bilan unashtirilgan edi. Er-xotin 2007-yil avgust oyida Los-Anjelesda qiz farzandli bo'lishdi.[5] 2014-yil fevral oyida ularning ikkinchi farzandi dunyoga keldi.[6]

2009-yil 28-avgustda Barret Los-Anjelesdagi kongress markazida AQSh fuqaroligiga qabul qilindi.[7] Barret parashyutdan sakrashni yaxshi ko'radi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrett "Poseidon" premyerasida, 2006-yil.

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1997 Campfire Tales Heather Wallace Bo'lim: "Locket"
1998 Immaculate Springs
1998 Art House Tiffany
1999 24-Seven Claire Qisqa film
2000 Urban Legends: Final Cut Lisa
2003 Human Stain, TheThe Human Stain Steena Paulsson
2004 Ladder 49 Linda Morrison
2004 Bridget Jones: The Edge of Reason Rebecca Gillies
2005 Ripley Under Ground Heloise Plisson
2006 Poseidon Maggie James
2006 Namesake, TheThe Namesake Maxine Ratcliffe
2006 Last Kiss, TheThe Last Kiss Jenna
2006 School for Scoundrels Amanda
2008 New York, I Love You Maggie Bo'lim: "Natali Portman"
2009 Middle Men Diana Harris
2010 Matching Jack Marissa
2011 Proper Send-Off, AA Proper Send-Off Alex Qisqa film
2016 So B. It Ruby Franklin
2018 Seven in Heaven Megan
2021 Hide and Seek Samantha Blackwell

Televizion serialda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1995 The Real World: London o'zi
1998 Wind on Water Kate Poole Takroriy rol (4 qism)
1998 Night Man The Amazing Selene Epizod: "Do You Believe in Magic?" "Siz sehrga ishonasizmi?"
1998 Hercules: The Legendary Journeys Medea Epizod: "Medea Culpa"
1998 Guys Like Us Audrey Epizod: "Truth or Consequences" "Haqiqat yoki oqibatlar"
1999 Millennium Taylor Watts Epizod: "Collateral Damage" "Garoviy zarar"
1999 Zoe, Duncan, Jack and Jane Lisa 3ta Epizodda
2000 Bull Holly Cameron Takroriy rol (4-qism)
2000 D.C. Finley Scott Bosh rol (7-qism)
2001 Citizen Baines Dori Baines Bosh rol (7-qism)
2004 See You in My Dreams Ingrid Televizion film
2012–2013 Suits Zoey Lawford Takroriy rol, epizodlar: "Sucker Punch", "Rewind", "Blind-Sided"
2013 Zero Hour Laila Galliston Bosh rol (13-qism)
2014 Following, TheThe Following Julia 3ta Epizodda
2015–2017 Bloodline Diana Rayburn Bosh rol (18-qism)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Our Alumni“. BADA.org.uk. British American Drama Academy. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  2. „'The Real World' Stars: Where Are They Now?“. The Huffington Post/AOL TV (4-mart 2008-yil). 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Malcolm. „Debriefing 'Suits' suave and sexy star Gabriel Macht“. TV Guide (2-avgust 2012-yil). Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.
  4. Berlian. „A suitable man“. Da Man Magazine (30-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.
  5. „Jacinda Barrett Welcomes a Baby Girl“. People.com (28-avgust 2007-yil). Qaraldi: 3-fevral 2019-yil.
  6. „Gabriel Macht and Jacinda Barrett Welcome Son Luca“. People.com (27-fevral 2014-yil). Qaraldi: 3-fevral 2019-yil.
  7. Cumming. „Joyous return for homegrown star Jacinda Barrett“. The Courier-Mail (6-avgust 2010-yil). Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]