Jacek Bąk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jacek Bąk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jacek Waldemar Bąk
Tavallud sanasi 24-mart 1973-yil (1973-03-24) (50 yosh)
Tavallud joyi Lublin, Polsha
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Markaziy Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Motor Lublin
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1992 Motor Lublin 46 (2)
1992—1995 Lech Poznań 84 (2)
1995—2001 Lyon 114 (4)
2002—2005 Lens 85 (2)
2005—2007 Al Rayyan 26 (0)
2007—2010 Austria Wien 80 (7)
Milliy terma jamoa
1993—2008 Polsha 96 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jacek Waldemar Bąk (talaffuzi: Yatsenk Bonk[1]) (1973-yil 24-martda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Oʻz mamlakatidan tashqari, u Fransiya, Qatar va Avstriya klublari safida harakat qilgan. Xususan birgina „Lyon“ jamoasi safida 150 dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan. U jamoaga 2002-yilgi milliy chempionatda gʻalaba qozonishga yordam bergan.

Bąk 15 yil davomida Polsha terma jamoasi sharafini himoya qilgan va milliy terma jamoa safida ikkita Jahon chempionati va Yevro-2008da ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lublin shahrida tugʻilgan Bąk mahalliy Motor Lublin jamoasi safida atigi 16 yoshida debyut uchrashuvida maydonga tushgan va ikki yildan soʻng Lech Poznan jamosiga koʻchib oʻtgan. 1992—1993-yilgi mavsumda u 28 ta oʻyinda ishtirok etib, klubga toʻrt yil ichida uchinchi marta milliy chempionlikni qoʻlga kiritishiga yordam bergan.

Bąk 1995-yil yozida „Olimpique Lyonnais“ jamosi bilan shartnoma imzolagan va Fransiya Liga 1da toʻliq oʻn yilni „Lyon“ safida va RC Lens bilan oʻtkazgan[2].

Bąk 2010-yil iyun oyida 37 yoshida, Qatar Yulduzlar Ligasida ikki yil Al-Rayyan SC safida va uch yil Avstriya Bundesligasining „Austria Wien“ klubida o‘ynaganidan so‘ng nafaqaga chiqdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bąk Polsha terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 1993-yil 1-fevralda Kipr bilan safarda oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) oʻtkazgan. U 2002 (bitta oʻyin, guruh bosqichida 2:0 hisobida mezbon Janubiy Koreyaga magʻlub boʻlgan[3]) va 2006-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida ishtirok etgan terma jamoaga chaqirilgan[4][5][6].

2006-yil noyabr oyida Bąk Belgiya va Polsha oʻrtasidagi UEFA Yevro-2008 saralash oʻyinida penaltini noaniq tepishi uchun unga 10 000 yevro taklif qilinganini daʼvo qilgan va bu boʻyicha UEFA tergov boshlagan[7][8]. Murabbiy Leo Beenhakker tomonidan musobaqa final bosqichi uchun asosiy jamoaga tanlab olingan. U Xorvatiyaga qarshi guruh bosqichidagi oʻyinlarda asosiy tarkibga kiritilmagan[9][10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[11][12]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Polsha 1993-yil 6 0
1994-yil 6 1
1997-yil 2 0
1998-yil 4 0
1999-yil 6 0
2000-yil 4 0
2001-yil 5 0
2002-yil 7 0
2003-yil 10 1
2004-yil 8 0
2005-yil 10 0
2006-yil 13 0
2007-yil 9 1
2008-yil 6 0
Jami 96 3
Jacek Bąk tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[13]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1994-yil 17-avgust Stadion Miejski, Radom, Polsha  Belarus 1-1 Oʻrtoqlik
2 2003-yil 12-noyabr Stadion Wojska Polskiego, Varshava, Polsha  Italiya 3-1 Oʻrtoqlik
3 2007-yil 24-mart Stadion Voyska Polskiego, Varshava, Polsha  Ozarbayjon 5-0 Yevro-2008 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyon

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jacek in isolation: [ˈjatsɛk].
  2. „Le 4 mai 2002, l'OL remporte son premier titre de champion de France“ (fr). Lyon Capitale (4-may 2012-yil). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
  3. „Korea win ignites World Cup“. BBC Sport (4-iyun 2002-yil). Qaraldi: 3-sentyabr 2015-yil.
  4. „Poland 0–2 Ecuador“. BBC Sport (9-iyun 2006-yil). Qaraldi: 3-sentyabr 2015-yil.
  5. „Germany 1–0 Poland“. BBC Sport (14-iyun 2006-yil). Qaraldi: 3-sentyabr 2015-yil.
  6. „Costa Rica 1–2 Poland“. BBC Sport (20-iyun 2006-yil). Qaraldi: 3-sentyabr 2015-yil.
  7. „Poland's Bak says he was offered bribe for Belgium game“. ESPN (16-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  8. „Uefa to investigate Poland bribe claim“. World Soccer (17-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  9. „Klasnić completes Croatian clean sweep“. UEFA.com (17-iyun 2008-yil). Qaraldi: 3-sentyabr 2015-yil.
  10. „Jacek Bak – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 11-fevral 2016-yil.
  11. „Jacek Bak – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 11-fevral 2016-yil.
  12. „Jacek Bąk“. European Football. Qaraldi: 13-fevral 2014-yil.
  13. „Jacek Bąk“. European Football. Qaraldi: 13-fevral 2014-yil.
  14. „Lyon 3-2 Montpellier (Aggregate: 4 - 2)“. uefa.com. 1-avgust 2004-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktyabr 2020-yil.