Kontent qismiga oʻtish

Jaʼfar ibn Ali al-Hodiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jaʼfar ibn Ali al-Hodiy
جعفر بن علي الهادي
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi

hijriy tax. 226

milodiy (tax. 840
Vafoti tax. 885 (hijriy 271) (45 yoshda)
Samarra
Dini Islom
Ota-onasi
Qarindoshlar Hasan al-Askariy (ukasi)
Muhammad (akasi)

Abu Abdulloh Jaʼfar ibn Ali al-Hodiy (arabcha: أبو عبد الله جعفر بن علي الهادي‎; hijriy 226-yilda tugʻilgan – 271-yilda vafot etgan), Oʻn ikki imom oqimida al-Kazzob (arabcha: الکَذّاب‎ – „yolgʻonchi“) nomi bilan tanilgan, shialik mazhabining oʻninchi imomi Ali al-Hodiyning uchinchi oʻgʻli. Oʻzini imom deb daʼvo qilgan va az-Zakiy (arabcha: الزكي‎ – „pok“) deb nomlangan oqimga asos solgan.

Jaʼfar shialik mazhabining oʻninchi imomi Ali al-Hodiyning oʻgʻli va oʻn birinchi imom Hasan al-Askariyning akasi boʻlgan. Bundan tashqari, uning Muhammad ismli akasi ham boʻlgan, biroq u otasidan oldin vafot etgan[1].

Ali al-Hodiyning vafotidan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali al-Hodiyning vafotidan keyin Jaʼfar imomlikka daʼvo qilgan. Oʻn ikki imom mazhabiga eʼtiqod qiluvchilar uni axloqsiz inson deb hisoblagan[2][3] boʻlsa, Bahoiylar Jaʼfarni rostgoʻy odam deb bilishgan[4].

Jaʼfar ibn Ali al-Hodiyning tarafdorlari Jaʼfariylar, al-Askariyning tarafdorlari esa Oʻn ikki imom mazhabidagilar nomi bilan mashhur boʻlgan[5].

Hasan al-Askariy vafotidan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hasan al-Askariyning vafotidan soʻng, garchi al-Askariyning onasi hali hayot boʻlsa-da, Jaʼfar uning mol-mulkini talab qilgan[6]. U hech qachon al-Askariyning oʻzining tugʻishgan ukasi deb bilmagan[7].

  1. Reza, Saiyed Jafar. The Essence of Islam. Concept Publishing Company, 2012, 2012 — 254-bet. ISBN 9788180698323. 
  2. Reza, Saiyed Jafar. The Essence of Islam. Concept Publishing Company, 2012, 2012 — 254-bet. ISBN 9788180698323. 
  3. Modarressi, Hossein. Crisis and Consolidation in the Formative Period of Shi'Ite Islam: Abu Ja'Far Ibn Qiba Al-Razi and His Contribution to Imamite Shi'Ite Thought, English and Arabic, Darwin Press, Incorporated (June 1, 1993), 1993. ISBN 978-0878500956. Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr. 
  4. „"Regarding the one who related the existence of the Qáʼim…"“ (en). Adib Masumian (2015-yil 30-may). Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  5. Reza, Saiyed Jafar. The Essence of Islam. Concept Publishing Company, 2012, 2012 — 254-bet. ISBN 9788180698323. 
  6. Momen, Moojan. An Introduction to Shiʻi Islam: The History and Doctrines of Twelver Shiʻism. Yale University Press; New edition (September 10, 1987), 1985 — 161–163-bet. ISBN 978-0300035315. 
  7. Imam. „Misbah-uz-Zulam, Roots of the Karbala' Tragedy“. Ansariyan Publications - Qum (2014-yil 11-dekabr).