Kontent qismiga oʻtish

Jaʼfar Panohiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jaʼfar Panohiy
جعفر پناهی

Panohiy 2025-yilgi Cannes kinofestivalida
Tavalludi 11-iyul 1960-yil (1960-07-11) (65 yosh)
Fuqaroligi Eron
Taʼlimi Eron kino va televideniye radioeshittirish kolleji
Kasbi
  • rejissyor
  • ssenariy muallifi
  • prodyuser
Faoliyat yillari 1988–h. v.
Mashhur ishlari Bodkunak-i sefid
Doyire
In film-i nist
Toksi
Un simple accident
Turmush oʻrtogʻi
Tohira Saidiy (turm. 1983)
Bolalari 2
Mukofotlari Oltin qoplon (1997)
Oltin sher (2000)
Saxarov mukofoti (2012)
Oltin ayiq (2015)
Oltin palma (2025)
Jaʼfar Panohiy
Harbiy faoliyati
Fuqaroligi Eron
Qoʻshin turlari Eron armiyasi
Xizmatdagi yillari 1980–1982
Jang/urush

Jaʼfar Panohiy (forscha: جعفر پناهی‎; ozarbayjoncha: Cəfər Pənahi; 1960-yil 11-iyul, Miyona, Sharqiy Ozarbayjon, Eron) – eronlik kinorejissyor va ssenariy muallifi, Eron kinematografiyasi „yangi toʻlqini“ning eng mashhur vakillaridan biri. „Un simple accident“ filmi uchun 78-Kann kinofestivalining „Oltin palma yaprogʻi“ sovrindori[1].

Jaʼfar Panohiy 1960-yil 11-iyulda Miyona shahrida (Sharqiy Ozarbayjon ustoni, Eron) ozarbayjon ishchi oilasida tugʻilgan[2]. Toʻrtta singlisi va ikkita ukasi bor edi[3]. Otasi boʻyoqchi boʻlib ishlagan. Oilada fors tilida gaplashishgan[4]. Jaʼfar 10 yoshida 8 millimetrli plyonkali kameraga video yozib olgan. Shuningdek, bitta filmda rol oʻynagan va Kanun kutubxonasi direktoriga bolalarni kinokamera bilan ishlashga oʻrgatadigan taʼlim dasturini tashkil etishda yordam bergan[4]. 12 yoshidan boshlab, Panohiy kinoga borish uchun pul topish uchun maktabdan keyin ishlagan. Qashshoqlikda oʻtgan bolaligi filmlarida aks ettirilgan gumanistik dunyoqarash shakllanishiga yordam bergan[5].

20 yoshida Panohiy Eron armiyasiga chaqirilgan va Eron-Iroq urushi paytida xizmat qilgan, 1980-yildan 1982-yilgacha harbiy kino muallifi boʻlib ishlagan[6]. 1981-yilda kurd qoʻzgʻolonchilari tomonidan qoʻlga olingan va 76 kun qamoqda boʻlgan[4]. Uning harbiy tajribasi oxir-oqibat televizorda namoyish etilgan hujjatli filmiga asos boʻladi. Harbiy xizmatni tugatgandan soʻng, Panohiy Tehrondagi Kino va televideniye kollejiga oʻqishga kiradi va bu yerda kino ishlab chiqarishni oʻrganadi. Bu davrda u, ayniqsa, rejissyorlar Alfred Hitchcock, Howard Hawks, Luis Buñuel va Jean-Luc Godardning asarlarini yuqori baholadi[4]. U yerda rejissyor Parviz Shahboziy va uning barcha dastlabki filmlarida Panohiy bilan hamkorlik qilgan operator Farzod Jodat bilan birinchi marta uchrashadi va doʻstlashadi. Kollejda oʻqiyotgan kezlarida Fors koʻrfazi sohilida joylashgan Bandar-Abbos markazida amaliyot oʻtagan va u yerda birinchi qisqa metrajli hujjatli filmlarini suratga olgan[7]. Panohiy, shuningdek, 1988-yilda kollejni tugatgunga qadar rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan[8][9][10].

Panohiy Eronning „IRIB TV2“ davlat telekanali uchun bir nechta qisqa metrajli hujjatli filmlarni suratga olgan. Birinchi qisqa metrajli filmi „Yarali bashlar“ Shimoliy Eronning Ozarbayjon mintaqasida noqonuniy motam anʼanasi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film edi. Unda uchinchi shia imomi Imom Husaynning motam marosimi tasvirlangan boʻlib, filmda odamlar oʻz boshlariga pichoq bilan urib, qonga belangan. Panohiy yashirin suratga olishga majbur boʻladi va film bir necha yil davomida namoyish etilishi taqiqlanadi. 1988-yilda Panohiy „Nigoh-i duvvum“ nomli hujjatli qisqa metrajli film suratga oldi. Bu film Kambuziya Partuvining „Gulnor“ filmi sahnasi ortidagi voqealarni aks ettirgan. U Partuviy filmidagi qoʻgʻirchoqlar yaratuvchisi va uning qoʻgʻirchoqlari bilan munosabatlari haqida hikoya qilardi[11][12]. Film 1993-yilda namoyish etiladi[7]. 1990-yilda Panohi Partuviyning „Moh“ filmida rejissyor yordamchisi sifatida ishlagan.

Panohiy, shuningdek, baʼzi badiiy filmlarni suratga olishda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan, jumladan, 1994-yilda ekranlarga chiqqan Abbos Kiyorustamiy tomonidan suratga olingan „Zir-i deraxton-i zeytun“ filmi. Bir yil oʻtgach, Kiyorustamiy Panohiy[1] rejissyori boʻlgan „Bodkunak-i sefid“ filmining ssenariysini yozishga yordam bergan[13].

Panohining filmlari nufuzli xalqaro kino mukofotlariga sazovor boʻlgan. Bular qatoriga Kann kinofestivalining „Oltin kamera“ (1995-yil; „Bodkunak-i sefid“ filmi uchun), Lokarno kinofestivalining „Oltin qoplon“ (1997-yil; „Oyne“ filmi uchun), Venetsiya kinofestivalining „Oltin sher“ (2000-yil; „Doyire“ filmi uchun) va Berlinale kinofestivalining „Kumush ayiq“ (2006-yil; „Ofsayd“ filmi uchun) mukofotlari kiradi[14].

2010-yil mart oyida Jaʼfar Panohiy hibsga olinadi va keyinchalik hukumatga qarshi faoliyati hamda 2009-yilgi saylovlarning rasmiy natijalariga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun olti yilga qamaladi. Panohiyga 20 yil davomida kinematografiya faoliyati bilan shugʻullanish va intervyu berish taqiqlangan[15][16]. Panohiyning panjara ortida jazo oʻtashga toʻgʻri kelmadi. Buning oʻrniga uy qamogʻiga olingan. Bu ham unga toʻsiq boʻlmadi. Jaʼfar Kann kinofestivalida namoyish etilgan „In film-i nist“ (2011) filmini suratga oladi. Material Erondan pirojniy ichiga yashirilgan fleshkada olib chiqilgan. Oʻshandan beri obroʻsi toʻkilgan rejissyor Eron boʻylab arang harakatlanishga muvaffaq boʻlardi, biroq uning pasporti 2024-yilgacha hokimiyat qoʻlida qolgani sababli, Panohiy chet elga chiqish imkoniyatidan mahrum edi. Suratga olish taqiqlanganiga qaramay, 2013-yilda Berlinda rejissyorning dala hovlisida suratga olingan „Parde“ filmining premyerasi boʻlib oʻtgan. Film eng yaxshi ssenariy uchun Berlinale tomonidan „Kumush ayiq“ mukofotiga loyiq koʻrilgan[17].

2012-yil oktyabr oyida u Saxarov mukofoti sovrindori boʻldi[18].

2018-yil may oyida 71-Kann xalqaro kinofestivalida eng yaxshi ssenariy uchun („Se rux“ filmi) mukofotlandi, ammo oʻzi bu vaqtda Eronda uy qamogʻida boʻlgan[19].

2022-yil 11-iyulda Panohiy norozilik namoyishlari sabab hibsga olingan rejissyor Muhammad Rasulofning taqdirini bilish maqsadida Evin qamoqxonasiga borgan. Qamoqxonada uni ushlab qolishadi va oʻtalmagan qamoq muddati borligi haqida xabar berishadi. Kann, Berlin va Venetsiya kinofestivallari Panohiyning hibsga olinishini qattiq qoraladi[20]. 2023-yil fevral oyi boshida Panohiy garov evaziga ozodlikka chiqarilgan[21].

2024-yil iyul oyida Panohiy uzoq vaqtdan beri birinchi marta Yerevandagi „Oltin oʻrik“ festivali uchun chet elga chiqadi[22].

2025-yil 24-mayda „Un simple accident“ filmi uchun 78-Kann kinofestivalining bosh mukofoti „Oltin palma yaprogʻi“ sovrindori boʻldi[1].

  1. 1,0 1,1 Anthony D'Alessandro. „NEON Shines Brightly With Six For Six Palme d’Or Winners After Jafar Panahi’s ‘It Was Just An Accident’“ (en). Deadline Hollywood (2025-yil 24-may). Qaraldi: 2025-yil 24-may.
  2. Денис Корсаков. „В прокат вышло «Такси» Джафара Панахи — фильм (или не фильм), победивший в Берлине“ (ru). «Ведомости» (2015-yil 22-sentyabr). 2016-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  3. Rist, Peter „In Real Time: An Interview with Jafar Panahi“. Offscreen (2009-yil 1-noyabr). 2012-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Stone, Judy. Eye on the World: Conversations with International Filmmakers. Silman-James Press, Los Angeles, 1997, ISBN 1-879505-36-3, pp. 386.
  5. „Son of Imprisoned Iranian Filmmaker Jafar Panahi Says His Father Still Sees Beauty“. rferl.org. 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  6. Deasy, Kristin „Son of Imprisoned Iranian Filmmaker Jafar Panahi Says His Father Still Sees Beauty“. Радио «Свобода» (2010-yil 22-dekabr). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyun.
  7. 7,0 7,1 Mapes, Marty „Jafar Panahi: An Independent Filmmaker“. 1970及其前因后果 / Meng Gang. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-iyun.
  8. „Remarks by JAFAR PANAHI“. Film Scouts. 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  9. „Who's Who in Iranian Film Industry“. Massoud Mehrabi. 2011-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-iyun.
  10. Teo, Stephen „The Case of Jafar Panahi“. Senses of Cinema (2001-yil 1-iyul). 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  11. Mehrabi, Massoud „Reporting To History: An interview with Jafar Panahi on the occasion of the screening of his latest movie, Offside“. Massoud Mehrabi. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  12. 13.10–28.11.2016 Programme Jafar Panahi. BOZAR, 2016 — 17—18,23-bet.  Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (14-oktyabr 2020-yil)
  13. „The Case of Jafar Panahi“ (deadlink). 2008-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  14. „Awards for Jafar Panahi“. IMDb. 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  15. „Знаменитый иранский режиссёр осужден на 6 лет“. Lifenews.ru. 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  16. „Свободу магии искусства!“. seance.ru. 2012-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-dekabr.
  17. Денис Корсаков.. „В прокат вышло «Такси» Джафара Панахи — фильм (или не фильм), победивший в Берлине“. Ведомости (2015-yil 22-sentyabr). 2016-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-fevral.
  18. „Иранские оппозиционеры стали лауреатами премии Сахарова за 2012 год“. РИА Новости. 2012-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr.
  19. „Interfax: Жюри Каннского кинофестиваля поприветствовало находящихся под арестом режиссёров. 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
  20. „В Иране режиссера Джафара Панахи — лауреата Венецианского и Берлинского кинофестивалей — посадили на шесть лет“. Meduza. 2022-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
  21. „Границы без конца. Завершился кинофестиваль в Роттердаме“. Коммерсантъ. 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.
  22. Среди почетных гостей фестиваля “Золотой абрикос” и известный иранский режиссер Джафар Панахи, который 14 лет был в заключении и под домашним арестом