JID (reper)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
JID
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Destin Choice Route
1990-yil 31-oktabr
Atlanta, Jorjiya, Qo'shma Shtatlar.
Kasbi Reper • Muallif
Leybl Dreamville • Interscope • SinceThe80s
Janr Hip hop
Faoliyat yillari 2010–hozirgacha
Veb-sayt jidsv.com

Destin Choice Route (1990-yil 31-oktabrda tugʻilgan), JID (shuningdek J.I.D) nomi bilan mashhur boʻlgan amerikalik reper, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2010-yilda EarthGang tomonidan asos solingan, Hollywood JB, JordxnBryant va 6lack va boshqalar bilan birga Spillage Village musiqiy jamoasining aʼzosi hisoblanadi. J. Cole asos solgan „Dreamville Records“ va „Interscope Records“ bilan shartnoma imzolangan. U shuningdek, Smino, Buddy va Guapdad 4000 bilan birga Zoink Gang hip-hop guruhining aʼzosi.

JID Route of Evil, Para Tu va Di Kaprio kabi bir nechta loyihalarni chiqargandan soʻng ommani eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Uning debyut studiyaviy albomi „The Never Story“ 2017 yilda tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan va mashxur „Never“ singlini oʻz ichiga olgan. U 2018-yilda oʻzining ikkinchi „Di Kaprio 2“ albomini chiqardi. Albom „151 Rum“ va „Off Deez“ (J. Cole bilan) singllarini oʻz ichiga oladi. 2021-yilda u Imagine Dragons pop-rok guruhi bilan birgalikda „Enemy“ singlini chiqardi, bu uning eng mashhur singliga aylandi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 5-oʻrinni egalladi. 2022 yil holatiga koʻra, uning eng soʻnggi albomi The Forever Story, tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi va Billboard 200 albomlari chartida 12-oʻrinni egalladi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Destin Choice Route 1990-yil 31-oktyabrda Jorjiya shtatining Atlanta shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Carl Louis Route Jr. va Kathy Jean Route[1][2]. Yetti farzandning eng kichigi boʻlib, u oʻzining „jitter“ (jirkanch) xulq-atvoriga koʻra, buvisi unga JID laqabini qoʻygan[3]. Route 1990-yillarning Nyu-Yorkdagi hip-hop reperlari Jay-Z, Nas va Mobb Deep kabi reperlar qoʻshiqlarini tinglab katta boʻlgan. U Stivenson oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda himoyachi sifatida futbol oʻynagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

JID 2017-yil

JID Doja Catning Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan albomiga kiritilgan „Options“ qoʻshigʻini birga ijro qilgan. Keyinchalik u Imagine Dragons bilan mega-hit „Enemy“ singlida hamkorlik qildi. U Billboard Hot 100 roʻyxatida beshinchi oʻrinni egalladi va uning eng yuqori chartdagi qoʻshigʻiga aylandi.

JID 2021-yil davomida oʻzining uchinchi albomi The Forever Story chiqarishiga ishora qildi. 2022-yil 9-avgust kuni JID Kenny Mason ishtirokida „Dance Now“ nomli singlni chiqardi.

Forever Story 2022-yil 26-avgustda chiqdi, jumladan Kenny Mason, EarthGang, 21 Savage, Baby Tate, Lil Durk, Ari Lennoks, Yasiin Bey, Lil Wayne, Johntá Austin, Ravyn Lenae va Eryn Allen kabi qoʻshiqchilar albomda ishtirok etishgan.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studio albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Never Story (2017)
  • DiCaprio 2 (2018)
  • The Forever Story (2022)

Miksteyp va EP’lar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Para Tu (2013)
  • DiCaprio (2015)

Birgalikdagi albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Revenge of the Dreamers 3 (2019)
  • Spilligion (& Spillage Village va EarthGang) (2020)

Mukofotlar va Nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Category Ish nomi Natija Manba.
2020 Grammy Awards Best Rap Performance „Down Bad“ (& J. Cole, Bas, EarthGang va Young Nudy) Nominatsiya [4]
Best Rap Album Revenge of the Dreamers III Nominatsiya
2022 Album of the Year Planet Her Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Destin Route – Football“ (en). Hampton University Athletics. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  2. https://www.docketbird.com/court-cases/Carl-Louis-Route-Jr-and-Kathy-Jean-Route/ganb-1:2018-bk-61666
  3. „J.I.D“. HotNewHipHop.
  4. „Artist – J.I.D“. Grammy. Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.