Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(JIDUdan yoʻnaltirildi)
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
(JIDU)
Fayl:JIDU O'zbekiston Respublikasida joylashgan eng sifatli ta'lim beruvchi universitetlardan biri bo'lish bilan bir qatorda, unga kirishdagi raqobat jarayoni bilan va bakalavrga kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat ekanligi bilan ajralib turadi.
Xalqaro nomi The university of World Economy and Diplomacy
Asos solingan 1992-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Sohasi Universitet asosan iqtisodiyot, huquq va siyosat yo'nalishiga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgandir
Rektori Sodiq Safoyev
Talabalari 1300
Fakultetlar 3
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 1 yil
Akademiklar 2 ta
Fan doktorlari 20 ta
Manzili Mustaqillik shoh koʻchasi 54, Toshkent shahri 100077, Oʻzbekiston
Vebsayti www.uwed.uz
Map

Koordinatalari: 41°19′26.399999999993″N 69°19′15.599999999993″E / 41.32399999999999807°N 69.32099999999999795°E / 41.32399999999999807; 69.32099999999999795 G O

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; „Biznes olami“ va „Ziyokor“ oʻquv markazlari, „Internet“ klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, „Xalqaro munosabatlar“ jurnali nashr etiladi.[1]

Rektorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalavriat yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5233500 Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
2 5210300 Siyosatshunoslik[3]
3 5240107 Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

Magistratura yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5A121102 Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati
2 5A210301 Amaliy siyosatshunoslik
3 5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
4 5A233501 Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
5 5A240105 Xalqaro huquq (sohalar boʻyicha)
6 5A240111 Xalqaro biznes huquqi
7 5A611501 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)[4]

Mashhur bitiruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Rahbariyat haqida
  3. „Oliy ta’lim muassasalari boʻyicha oʻtish ballari“. Davlat test markazi. 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil. „arxiv nusxasi“. 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  4. http://magistr.edu.uz/stat/quota

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]