Jürgen Klinsmann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Yurgen Klinsman ( nemischa: Jürgen Klinsmann ; tug'ilgan sanasi 30 iyul 1964 yil ) — nemis futbolchisi va futbol murabbiyi. 2004-2006 yillarda Germaniya terma jamoasi murabbiyi bo'lgan . Sochining rangi va goleadorlik qobiliyati uchun u "Oltin to'purar" laqabini oldi.

Futbolchi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakkiz yoshidan futbol o'ynashni boshlagan, barcha pozitsiyalarda, shu jumladan darvozabon nuqtasida ham o'ynagan. U professional faoliyatini 16 yoshida o'sha paytda ikkinchi divizionda "Shtutgarter Kikers" klubida boshlagan. 1984 yilda u birinchi divizionning doimiy a'zosi bo'lgan kuchliroq " Shtutgart " klubiga o'tdi.

"Shtutgart" va Myunxenning "Bavariya" da o'ynashdan tashqari, Klinsman Yevropaning ko'plab klublarida - Monakoning " Monako ", Italiyaning " Inter " va "Sampdoriya"sida va ikki marta Angliyaning "Tottenxem" klubida o'ynagan.

Germaniya terma jamoasi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinsmanning xalqaro futbolchilik faoliyatini 1987 yilda Germaniya terma jamoasida boshlab, 108 ta o'yinda 47 ta gol urib xalqaro miqyosda xam o'z imidjini yaratdi . U terma jamoa tarkibida quyidag musobaqalarda ishtirok etdi:

  • 1988 yilgi Olimpiada o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi;
  • 1988, 1992 va 1996 yillarda Yevropa chempionatlari, 1992 yilda finalgacha yetib borgan va 1996 yilda chempion bo‘lgan;
  • 1990 yilgi jahon chempionatida (3 gol urgan), 1994 yil (5 gol) va 1998 yilgi (3 ta gol), 1990 yilda jahon chempioni bo'lgan;

1998 yilgi Fransiyada bo'lgan jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etgan.

Klinsman uchta jahon chempionatida kamida uchta gol urgan birinchi futbolchidir.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1990-yil-Jahon chempioni .
  • 1992 yilda Yevropa vitse-chempioni .
  • 1996-yil Yevropa chempioni .
  • 1991 yilda ( Inter bilan) va 1996 yilda ( Bavariya bilan) UEFA kubogi g'olibi .
  • 1994 va 1998 yillarda Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi .
  • 1995 yilda Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi .
  • 1997-yil Germaniya chempioni
  • Germaniya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi gollari soni bo'yicha rekordchisi : 5 ta gol.
  • FIFAning 100 ta eng yaxshi futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan.
  • "Tottenxem" klubida o'ynab, Angliya tarixida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgan birinchi xorijlik bo'ldi.
  • 1995-yil Xalqaro o'yinlarda dunyoning eng yaxshi to'purari uchun IFFHS mukofoti sovrindori: [1] .

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004 yil 26 iyulda u Germaniya terma jamoasiga murabbiy bo'lib tayinlandi, u bilan birga terma jamoada o'ynagan Rudi Fyollerning o'rnini egalladi.

2006-yil 12-iyulda Klinsmann Germaniya terma jamoasiga murabbiylik faoliyatidan iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. qildi. Klinsmanning o'rnini uning yordamchisi Yoaxim Lyov egalladi.

2008 yil 11 yanvarda "Bavariya" klubi Yurgen Klinsman 2008 yilning 1 iyulidan boshlab klub bosh murabbiyi bo'lishini e'lon qildi [2] .

2009-yil 27-aprelda Klinsman "Bavariya" murabbiyligidan chetlatildi."Bavariya" futbolchisi Filipp Lam keyinchalik o'zining avtobiografik kitobida shunday degandi: [3].

"Klinsmanning "Bavariya"ga bosh murabbiy etib tayinlanishini muvaffaqiyatsiz tajriba deb ta'riflash mumkin. Mashg'ulotlarda u faqat o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga e'tibor qaratdi, taktik jihatdan esa hech narsa qilinmadi. Birgalikda ish boshlaganimizdan sakkiz hafta o'tgach, biz bu murabbiy bilan hech narsa chiqmasligini angladik".

2010-yil 3-noyabrda Klinsman rasman MLS ning "Toronto" klubi uchun maslahatchi murabbiy lavozimiga tayinlandi [4] .

2011 yil 29 iyulda AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi [5] [6] [7] . U bu lavozimda oldingi murabbiy Bob Bredlini almashtirdi [8] . 2011 yil 10 avgustda u Amerika terma jamoasi murabbiyi sifatida Filadelfiyada Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qildi [9] .

2016-yil 21-noyabrda u AQSh milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlaridan ozod etildi [10] . Iste'foga chiqish vaqtida AQSH terma jamoasi Konkakaf mintaqasida 2018-yilgi jahon chempionatiga saralash baxslarida Meksika (1:2) [11] va Kosta-Rika (0:4) [12] terma jamoalaridan ikkita o'yinda ikkita mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalida so'nggi, oltinchi o'rinni egalladi.

2019-yilning 27-noyabr kuni u Berlinning “ Gerta ” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2019/20 yilgi mavsum oxirigacha imzolandi [13] . 2020-yilning 11-fevralida, Bundesliga 2019/20 21-turi doirasidagi uy uchrashuvida “Gerta” “ Maynts-05 ”dan (1:3) mag‘lub bo‘ldi va 3 kun o‘tib, u iste’foga chiqdi [14] .

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinsmanning otasi Zigfrid novvoy, onasi Marta esa uy bekasi bo'lgan.

Yurgen amerikalik model Debbi Chinga uylangan. Ularning ikki farzandi bor - qizi Laylo va o'g'li Jonatan [15] [16] . Jonatan otasining izidan borib,futbolchi bo'lsada lekin darvozabon ampulasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Germaniya terma jamoasida o'ynagan otasidan farqli o'laroq, o'g'li AQSh terma jamoasida o'ynaydi [17] .

Klinsmann ingliz, italyan va fransuz tillarini yaxshi biladi [18] . Yurgen shuningdek, vertolyot uchuvchisi litsenziyasiga ham ega [19] .

Ayni paytda Klinsmann AQShda, Xantington-Bich shahrida ( Kaliforniya ) yashaydi. U basketbolni yaxshi ko'radi, u Los-Anjeles Leykersning muxlisi [25] .

Ishlash statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „IFFHS — The World’s best top goal scorer“. 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2015-yil.
  2. Заявление на официальном сайте
  3. Лам в своей автобиографии раскритиковал Клинсманна, archived from the original on 2016-11-22, https://web.archive.org/web/20161122154631/http://www.championat.com/football/news-905278.html, qaraldi: 2022-06-21 
  4. „Toronto FC finalizes Klinsmann deal“. 6-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-noyabr 2010-yil.
  5. „Клинсманн стал главным тренером сборной США“. Чемпионат.com (29-iyul 2011-yil). 25-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyul 2011-yil.
  6. „Klinsmann Named Head Coach of U.S. Men's National Team“ (en). US Soccer (29-iyul 2011-yil). 25-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyul 2011-yil.
  7. „Klinsmann neuer Fußball-Nationaltrainer der USA“ (de). transfermarkt.de (29-iyul 2011-yil). 25-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyul 2011-yil.
  8. „Bradley's Tenure as Head Coach of U.S. Men's National Team Ends“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (28-iyul 2011-yil). 25-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyul 2011-yil.
  9. „MNT Draws Mexico 1-1 in Philadelphia“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (10-avgust 2011-yil). 25-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2011-yil.
  10. „US Soccer Parts Ways with Jurgen Klinsmann“ (en). USsoccer.Com. Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (21-noyabr 2016-yil). 22-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2016-yil.
  11. „USA Falls on Last Minute Goal to Mexico in First Match of 2018 Hex“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (11-noyabr 2016-yil). 19-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  12. „USA Suffers 4-0 World Cup Qualifying Defeat Away to Costa Rica“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (15-noyabr 2016-yil). 19-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  13. „Einvernehmliche Trennung von Ante Čović“ (de). Offizielle Webseite von Hertha BSC (27-noyabr 2019-yil). 27-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-noyabr 2019-yil.
  14. „Jürgen Klinsmann ab sofort nicht mehr Cheftrainer“ (de). Offizielle Webseite von Hertha BSC (11-fevral 2020-yil). 11-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-fevral 2020-yil.
  15. „Klinsmann may finally be next U.S. soccer coach“, Yahoo Sports (28-iyul 2011-yil). Qaraldi: 28-iyul 2011-yil.
  16. Zeigler, Mark „The face of Germany“. utsandiego.com (7-iyun 2006-yil). 19-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2013-yil.
  17. „J. Klinsmann“. Soccerway. 28-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  18. „The Person“. klinsmann.com (16-iyun 2014-yil). 4-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  19. US SOCCER „Air Klinsmann“ (31-yanvar 2014-yil). 4-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-yanvar 2014-yil.