Iztirob (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iztirob
Asl nomi Acımak
Muallif(lar) Reşat Nuri Güntekin
Janr(lar)i Roman
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1928
ISBN 9789751026569

Iztirob (turkcha: Acımak) — turk yozuvchisi Reshat Nuri Guntekinning 1928-yilda nashr etilgan qisqa romani[1][2]. Mazkur asar yoshlik yillarida otasidan koʻrgan salbiy muomala sababli rahm-shafqat tuygʻusini yoʻqotgan, otasining vafotidan keyin uning kundalik daftarini oʻqib, otasi va uning hayoti haqidagi haqiqatlarni oʻrganishi haqidadir. Bu asar asosida 80-yillarda Ediz Xun bosh rolni oʻynagan film suratga olingan.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zehra-maktab direktori. U yangi turdagi taʼlim-tarbiyaning barcha talablarini bajaradi. Oʻquvchilarning har biriga alohida eʼtibor qaratadi, lekin oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xatolarni aslo kechirmaydi. U hech rahm-shafqat tuygʻusini his qilmaydi. Maorif mudiri ham Zehraning bu xislatidan juda qiynaladi. U ko'pincha Zehrani ogohlantiradi, ammo hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi. Maorif mudiri Tevfik Hayri va muovini Sharif Hayri Bey Zehraning maktabini ziyorat qilish uchun borishadi. Sherif Hayri Bey Zehraga otasining kasal ekanligini, shuning uchun otasining yoniga Istanbulga borishi kerakligini aytadi, lekin Zehra u odam uning otasi emasligini aytadi, boshqa birov boʻlishi mumkinligini aytadi. Ikki kundan keyin maorif mudiriga telegramma keladi. Telegrammada Zehraning otasi Murshit afandining o‘lim arafasida ekanligini va uning zudlik bilan borishini xabar qilingan edi. Mudir Zehrani chaqirib, darhol ketishini soʻraydi. Biroq Zehra yana qarshi chiqadi. Mudir unga yana nasihat qiladi. Mudir uzoq kutmaydi va poyezdga bilet sotib oladi. Birozdan keyin Zehra ketishga tayyor holda keladi va borishga qaror qilganini aytadi. U Istanbulga ketayotib, yoʻlda otasining oilasiga chektirgan azoblarini, onasini, opasini, buvisini qanday vafot etganini, nihoyat, uni maktab-internatga bergani va undan hech ham xabar olmagani haqida o‘ylaydi. Istanbulga yetib keladi. Uni sobiq qo‘shnisi Vehbi Bey kutib oladi. Nega ertaroq kelmaganini, otasi Zehrani intiqlik bilan kutib vafot etganini aytadi. Ular uyga yetib kelishganida, otasining yonida bir necha ayol bor edi. U otasini koʻrishni xohlamaydi. Unga otasining buyumlari solingan sandiqning kaliti beriladi. Aslida u sandiqni qabul qilishni umuman istamaydi, lekin sandiqni ochadi, ichida kundalik bor. U kundalikni oʻqiy boshlaydi. U otasining birinchi xizmat yillari, onasi bilan turmush qurishi, buvisining xatti-harakatlari haqida oʻqiydi. Zehra avval bilgan hamma narsaning aksi ekanligini bilib oladi. Darhaqiqat, u bu voqealarda aybdorlar onasi va buvisi ekanligini tushunadi. Shundan soʻng unda rahm-shafqat hissi paydo boʻladi. Lekin gʻisht qolipdan koʻchgan edi. Garchi u otasining oldiga borib, u bilan birga boʻlishni xohlasa-da, endi faqat otasi uchun duo qila olardi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Acımak romanı-Reşat Nüri Güntekin“. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  2. „Güntekin, Reşat Nuri“.